DADABOYEV Akram Dadaboyevich

DADABOYEV Akram Dadaboyevich (1908, Xoʻjand — 1988.12.8. Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1934). 1934—66 y. larda hoz. Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, seleksioner, direktor. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FAning vitse-prezidenti (1957—61), OʻzR Qishloq xoʻjaligi vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari (1966—72). 1972-y. dan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. in-tida maslahatchi. Dagʻal, pishiq va kalta tolali, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamli S-7059, S-7010, S-7068, S-7055, ertapishar va bargi tez toʻkiladigan, 42% gacha tola beradigan S-8230, S-8232, S-8257 va b. gʻoʻza navlarini yaratdi. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish muammolariga bagʻishlangan.

As: Metodы vыvedeniya i razmnojeniya novыx sortov xlopchatnika, T., 1969 (N. G. Simongulyan bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: DADABOYEV Akram Dadaboyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SELEKSIYA
INGICHKA TOLALI GʻOʻZA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты