DALOILXONA

DALOILXONA (arab, daloil — dalillar) — Oʻrta Osiyoning yirik shaharlaridagi diniy maktab. D. ga savodi chiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1—2 oy) bolalarga Qurʼonning ayrim sura va oyatlari, soʻngra asosiy kitob — «Daloil ulxayrot» yodlatilgan. Daloilxonada oʻqish muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli talabalar kitobni 2—3 oy davomida yod olganlar. Uni tugatganlarning ayrimlari islom dinining targʻibotchisi boʻlishgan.


Lotin alifbosida maqola: DALOILXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
QURʼON
KITOB
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты