ISLOM

ISLOM (arab. — boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha «muslim» («sadoqatli»; koʻpligi «muslimun») deb ataladi. «Muslim», «muslimun» soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (mas, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musurmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tapqalgan.

Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20% idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shim. Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va b. baʼzi mamlakatlarda aholining 80% dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada kariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Syerra-Leone va b.) da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va b.), Shim. va Jan. Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.

Islom 7-a. da Hijoz (Gʻarbiy Arabiston) da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad (as)dir. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad (sav)ni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼonnn nozil qildi. Muhammad (sav) oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimning qayta tiklangan dinidir.

Islom dini tarixini oʻrganishda oʻsha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olish kerak. Islom dini vujudga kelgan davrda Arabiston ya. o. da Makka va Yasrib (Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan boʻlib, iqtisodiy hayot joʻshqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qodir harbiy kuchga ega boʻlgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi boʻlib qolgan edi. Saltanat tuzish bilan bir katorda Arabiston ya. o. dagi qabilalarning etnik va madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, ogʻzaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida oʻzgarish jarayonlari kechayotgan edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar oʻz faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Shunday qilib, Muhammadning diniy va siyosiy faoliyati yuqoridagi jarayonlarning xususiy koʻrinishi boʻlgan. Muhammad (sav) har tomonlama barkamol inson boʻlgani uchun, uning shaxsiy fazilatlari tufayli yahudiyxristian mazhablariga yaqin gʻoya bilan yashovchi maxalliy hijozliklar harakati oʻziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega boʻldi; bu kuch I. ning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi.

Muhammad 610-y., 40 yoshida oʻzining diniy faoliyatini boshladi va vahiy (ilohiy koʻrsatma) olayotganini eʼlon qildi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad oʻzga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur boʻldi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga koʻchdi, soʻng Makka zodagonlari bilan maʼlum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-y. musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi boʻlishdi. Yasrib shahridagi mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muxojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 y. davom etdi (q. Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va b.). 628-y. Makka zodagonlari Muhammad b-n kelishishga majbur boʻldilar (q. Hudaybiya sulhi). 630-y. musulmonlar koʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632-y. da Arabiston ya. o. toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi.

Muhammad (sav) vafotidan soʻng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7—8-a. larda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shim. Afrika, Pireney ya. o., Shim. Hindistonni egalladilar. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shim. Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (q. Arab xalifaligi).

Islomning muqaddas kitobi Qurʼondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan soʻzi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy meʼyorlari, cheklash va taqiklari Qurʼon b-n birga uning tafsirlarida, hadis toʻplamlari va shariat qoʻllanmalarida, shuningdek, 8—12-a. larda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida oʻz ifodasini topgan.

Islomning asosiy aqidasi — «Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad uning rasuli». I. ilohiyotining ilk shakli — kalom boʻlib, 8-a. da arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar I. dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.

Islom dini 5 «asos» yoki «ustun» (arkon ad-din al-islomiy)ga ega:

1) kalima keltirish;

2) namoz oʻqish;

3) roʻza tutish;

4) zakot berish;

5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb eʼtirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqad-das kitoblariga, paygʻambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan boʻlishi)ga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonishni oʻz ichiga oladi. Islomda xatna, roʻza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid, xudoyi, ashuro kabi oʻziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islom gacha mavjud boʻlgan urfodatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sigʻinish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan.

Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari «shia» nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo I. tarixi uzra sunniylik asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hoz. kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shim. Yaman, Ozar-bayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shim. Afrikada xorijiylarning baʼ-zi toifalari saklanib qolgan. Musulmon huquqshunosligi — fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, shofiʼiylik, molikiylik, hanbaliylik) va 1 shia (jafariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yoʻnalishiga mansub boʻlib, eng yiriklari — imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha toʻla rioya kdpishi kerak boʻlgan qonunchilik) bilan tariqat (faqat ayrimlar Alloh. xayrixoxligiga muyassar boʻlishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari — murshidlarning «valineʼmati» asrlar osha hoz. avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. 8—9-a. larda Islomda diniyfalsafiy oqim — tasavvuf paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf tariqatlari — naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylarpmr.

Islom dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun Islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U oʻziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni oʻtadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qurʼon davri deb atash mumkin. Qurʼoni karimda oʻz aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun xrzirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 a. davom etgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yoʻl qoʻyilgani bilan ajralib turadi. Islom dagi yoʻnalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo boʻldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib boʻlmaydigan muammo boʻlib qoldi . 10—11-a. larda anʼanaga sodiq sunniylar bilan imomiy shialar, muʼtaziliylar hamda ashʼariylar oʻrtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991 — 1031) anʼanaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy boʻlgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib koʻrdi. Shu maqsadda anʼanaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan «Dinning qodiriy ramzi» eʼlon qilindi. Unda «haq din» deb eʼlon qilingan anʼanaviy diniy taʼlimotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq eʼtiqodsizlik deb qaraldi. Biroq bu tadbir ham Islomda diniy birlik oʻrnatilishiga olib kelmadi. Gʻoyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga, «haq din» asosida diniy birlikni oʻrnatishga astoydil harakat qildi. Islom dagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi «chekka» oʻlkalarining ahamiyati va oʻrni ortganligi bilan bogʻliqdir. Batamom oʻzga madaniy anʼanalarga ega boʻlgan xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qoʻshilgach, Islomga oʻz diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shim. Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiymadaniy mintaqalarda Islom oʻziga xos xususiyatlar kasb etadi.

Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar kat-ta hissa qoʻshdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar toʻplami — «Al-Jomiʼ as-Sahih» I. dinida Qurʼ-oni karimdan keyingi ikkinchi man-ba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori baholanadigan «Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot» risolasini taʼlif etgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini oʻrganishning asosiy qoʻllanmasi hisoblangan «Hidoya»ning muallifi Burhoniddin Margʻinoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (q. Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng eʼzozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda oʻziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi Aʼzam, Najmiddin Kubro, Soʻfi Olloyor, Xoʻja Ahror, Abduxoliq Gʻijduvoniy va b. ni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon eʼtiqodini xalq dunyoqarashi b-n uygʻunlashtirganliklari tufayli Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, meʼmorlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.

Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, Madrasa va b.)ning paydo boʻlishiga hamda keng tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butpa-rastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (as) suratkashlikni qattiq taqiqlab qoʻygan edi. Shy asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va oʻsimliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab — paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. 15-a. ga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga boʻlgan imon va eʼtiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini eʼtiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Maxmud Muzahhibga oʻxshash miniatyura sanʼatini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20—21-a. larga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga munosabatlariga yana bir karra aniklik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qoʻgʻirchoklar taqiq doira-siga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy sanʼat turlari taqiqlanmaydi. Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa maqolasiga q.

Musulmon Sharqi 8 — 11-a. larda taraqqiyotda Gʻarbdan oldinda edi: gʻarb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboqolishgan; gʻarb savdogari Islom dunyosidagi savdoning koʻlamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari gʻarbda zebi-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati gʻarb uchun afsonadek tu-yulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12—13-a. lardan keyin musulmon dunyosi dastlab turgʻunlik, soʻng tanazzulga yuz tuta boshladi. Baʼzilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga toʻsiq boʻldi, deya unga katta ayb qoʻymoqchi boʻladilar. Aslida soʻnggi oʻrta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda mu-rakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar b-n bogʻliq boʻlib, oʻsha davrdagi Islomning oʻzi ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi.

19-a. boshidan 20-a. ning 2-yarmigacha oʻtgan bir yarim asrlik davr Islomning rivojlanishida muhim burilish bosqichi boʻldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi oʻzgarishlar yangi sinf — milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik qarakatining avj olishi — bularning hammasi Islomning jamiyatdagi mavqeiga boʻlgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni Islom nuqtayi nazaridan baholashda ham oʻzgarishlar yasadi. Islom diniyfalsafiy va huquqiy meʼyorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-a. oʻrtalaridan boshlanib, hoz. gacha davom etmoqda. Bu jarayonni koʻpgina tadqiqotchilar «Islom islohotchiligi» deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda roʻy berdi. Ikkinchidan, «Islom islohotchiligi» dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtayi nazardan qayta baholashda namoyon boʻldi va sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli boʻlmadi. Uchinchidan, Islomda xristianlarnikiga oʻxshash cherkov bilan ruhoniylarni bogʻlab turuvchi tizim boʻlmaganidan Islom dagi islohotlar xususiyatiga jiddiy taʼsir qildi.

Oʻrta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Musulmon xuquqi tizimining oʻzi ham muayyan darajada oʻzgardi: shariat sudlari huquqi asta-sekin cheklana bordi; 19-a. oʻrtalariga kelib, usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qoʻyildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda koʻzda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va b. huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli Islomning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan oʻzgarishlar roʻy berdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon iloqiyotchilari va huquqshunoslarini Islomning bir qancha anʼanaviy qoidalarini yangicha tal-qin etishga majbur eta boshladi. Birok,, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa choʻzilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunoqmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada oʻz aksini topdi. 1899-y. mufti Muhammad Abdu bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxoʻrlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chikardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini xam, musulmonchilikdagi boshqa anʼanaviy tamoyillarni xam yangicha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida roʻy bergan oʻzgarish juda muhim rol oʻynadi. Bu, avvalo, milliy oʻzini anglash jarayoniga taalluklidir. Shu jarayon davomida Islomning barcha musulmonlarning birligi toʻgʻrisidagi anʼanaviy qoidasi yangicha maʼno kasb etdi. Jamoliddin alAfgʻoniy musulmonlarning birdamligi gʻoyasini koʻtarib chiqdi. M. Abdu, J. Afgʻoniy, Rashid Rizo va b. ning gʻoyalari milliy ozodlik harakatlariga tur-tki bulib koʻpchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol oʻynadi. Ayni vaqtda Islom birdamligi gʻoyasiga asoslangan xalqaro Islom harakati shakllana boshladi: 1926-y. birinchi xalqaro musulmon tashkiloti — Islom olami kong-ressi (Muʼtamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, Islomning goʻyo Muhammad (sav) zamonidagi «asl» tamoyillariga qaytishga daʼvat etishga turli fundamentalistik oqimlar (q. Vahobbiylik) va ularning tarkibida oʻz gʻoyalari uchun kurashda terror usuliga tayanuvchi guruxdar, ekstremistik toʻdalar paydo boʻldi. 20-a. ning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat oʻrnatish masalasida ham Islom omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir boʻldi (Eron islom inqilobi, Liviya Jamohiriyasi va b.).

Bir qator mamlakatlar (MAP, Kyvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afgʻoniston va sh. k.)da Islom davlat dini (yoki rasmiy din) sifatida tan olingan. Ayrim mamlakatlarda «Islom» soʻzi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom respublikasi, Afgoniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va b. Osiyo, Afrika qitʼasidagi baʼzi mamlakatlarda Islomning tarkalishiga musulmon partiyalari taʼsir qilmoqda, ular koʻpincha siyosatda muhim rol oʻynamoqda. Erondagi Islom respublikasi partiyasi, Indoneziyadagi Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi, Xindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol boʻla oladi. Bir qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridagi tashkilotlar — «Musulmon birodarlar», Islom ozodligi partiyasi) tarqalgan, koʻpgina diniy bilim yurtlari (qorilik maktablari, Madrasa, musulmon un-tlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sugʻurta kompaniyalari) ishlab turibdi.

Musulmon sud ishlarini olib borish tizimi saqlanib qolmoqda. 19-a. ning 70—80-y. laridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan baʼzi bir kridalarini tiklashga urinib kurildi (mas, Pokistonda; Sudanda prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish).

Oʻtgan asr 70-y. larining oxiri — 80-y. larining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mav-qega ega bula boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferensiyasi tashkiloti (Munazzamat al-muʼtamar alislomi) boʻlib, u 1969-y. tuzilgan, unga 55 mamlakat (Oʻzbekiston Respublikasi 1996-y. dan) aʼzo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSH Oliy islom kengashi va b. ni koʻrsatish mumkin. Ular, asosan, Islomni targʻib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi Islom jamoalariga yordam berish bilan shugʻullanadi.

Islom Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, shoʻrolar davrida turli taʼqib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning taqdiri ayanchli boʻldi. Islomga oid bebaho kitoblar yoʻqotildi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, Islom dini hayotda munosib oʻrnini egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qurʼoni karim 2-marta oʻzbek tilida chop etildi (1992, 2001-y. lar), hadis toʻplamlarining tarjimasi, Islom ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. Islom tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona oʻrganishga kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik intida islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsata boshladi, Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi (1999), uning tarki-bida Islomshunoslik i. t. markazi ishlab turibdi.

Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni karim, Muhammad (sav) hayoti va faoliyati, paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islom shunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tad-qiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va b.), Yevropada (I. Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, Islom Krachkovskiy va b.) 19-a. oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda Islomga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtayi nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 — 1976), Abdugʻani Abdullo (1928—1999) va Yusufxon Sho-kirov (1926—2000)larning xizmati kattadir. 20-a. oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom boʻyicha obyektiv tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islom dagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, 3. Husniddinov, 3. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Moʻminov, A. Azimov, R. Obidov va b.).

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida «Movarounnahr» nashriyoti faoliyat koʻrsatadi, «Islom nuri» gaz., «Hidoyat» jur. nashr etiladi.

Ad.: Karimov I., Olloh qalbimizda, yuragimizda, T., 1999; Karimov Islom, Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barkamollik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Qurʼoni karim, T., 2001; Hadis (AlJomiʼ as-sahih), 1—4-j. lar (2nashri), T., 1997; Hidoya (1-j.), T., 2000; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1-2-kitob), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.


Lotin alifbosida maqola: ISLOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
AFRIKA
JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI
BUDDIZM
AFGʻONISTON


Добавить комментарий