DAMACHI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«DAMACHI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — OʻzRdagi dastlabki tashkil qilingan baliqchilik xoʻjaliklaridan biri. Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan. 1941—46 y. larda tashkil etilgan va 1946-y. dan ish boshlagan. 1994-y. gacha baliq boqiladigan «Damachi» baliqchilik k-ti, 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 12 semirtirish hovuzi, 6 oʻstirish hovuziga va 1 tutilgan baliklar saqlanadigan hovuzga ega. Jami maydoni 550 ga; shundan 249 ga maydonni balik, boqiladigan hovuzlar tashkil etadi. Gektaridan 35—37 s, baʼzi hovuzlardan 40 s gacha baliq ovlanadi. Yiliga 600 — 650 t baliq yetishtiriladi. Xoʻjalikda tutilgan baliq maxsus «Tirik baliq» avtomashinalarida Toshkent viloyati shaharlari va Toshkent shahar savdo shoxobchalariga joʻnatiladi. Xoʻjalikda dudlangan baliq yetkazib beradigan maxsus sex ishlaydi. Xoʻjalikning pogʻonali qilib qazilgan hovuzlarida kollektor va h. k. ekinlaridan boʻshagan oqova suvlardan foydalaniladi.

Jahongir Hoshimov.


Lotin alifbosida maqola: DAMACHI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ITALIYA
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты