DARVINIZM

DARVINIZM — organik dunyoning tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin asos solgan ilmiy dunyoqarash. Darvin koʻrsatishicha, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Oʻzgaruvchanlik organizmlar tuzilishi va funksiyasida yangi belgilarning hosil boʻlishidan iborat. Irsiyat orqali bu belgilar nasldan naslga oʻtadi. Yashash uchun kurash tufayli muhit sharoitiga eng yaxshi moslashgan belgiga ega boʻlgan individlar yashab, nasl qoldiradi, yaʼni tabiiy tanlanish yuz beradi. Tabiiy tanlanish natijasida yangi turlar paydo boʻladi. Shuning bilan birga organizmlarning tashqi muhitga moslanishi nisbiy xususiyatga ega. Darvin ishlaridan mustasno tarzda ingliz biologi A. Uolles ham xuddi shunday fikrga kelgan. Darvinizmning rivojlanishi va targʻib qilinishiga ingliz tabiatshunosi T. Geksli (1860-y. da «D» terminini taklif etgan), nemis olimlari F. Myuller va E. Gekkel, rus olimlari aka-uka A. O. va V. O. Kovalevskiylar, ota-bola N. A. va A. N. Seversovlar, I. I. Mechnikov, I. I. Shmalgauzen va b. katta qissa qoʻshgan. 20-a. ning 20—30-y. larida klassik Darvinizmning genetika fani yutuqlari b-n uygʻunlashtirilishi tufayli sintetik evolyutsion taʼlimot shakllana boshladi. Darvinizm yaxlit taʼlimot sifatida biol. da revolyutsion burilish yasadi; kreatsionizm, vitalizm va lamarkizmga zarba berdi; 19-a. ning ikkinchi yarmida tabiiy va ijtimoiy fanlar va umuman madaniyatning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Shunga qaramasdan Darvin tirikligidayoq evolyutsiyada tabiiy tanlanishni inkor etuvchi yoki uning taʼsirini cheklashga harakat qiluvchi turli oqimlar paydo boʻla boshladi. Evolyutsiyaning asosiy muammolari boʻyicha bahslar za-monaviy biol. fanida ham davom etib kelmoqda.


Lotin alifbosida maqola: DARVINIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BIOLOGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
TABIIY TANLANISH
IRSIYAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты