TABIIY TANLANISH

TABIIY TANLANISH — organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858 — 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik T. t. ning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. Tabiiy tanlanishning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi.

Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va b. olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Tabiiy tanlanishning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Tabiiy tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (q. Genotip) muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. Tabiiy tanlanish organizmlar oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanishning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga taʼsir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yoʻnalishda taʼsir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar Tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi (yana q. Sunʼiy tanlash).


Lotin alifbosida maqola: TABIIY TANLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
EVOLYUTSION TAʼLIMOT
BIOLOGIYA
OʻZGARUVCHANLIK
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты