DASTA

DASTA — 1) buyum va asboblarning ushlanadigan qismi;

2) bir oʻram, bir tutam maʼnosini ham anglatadi (bir Dasta gul, bir Dasta qogʻoz);

3) torli sozlarning chap qoʻl bilan ushlanadigan qismi (grif). Tanbur, sato, dutor, rubob singari anʼanaviy sozlarning Dasta lari nisbatan uzunroq boʻlib, ularga ichak yoki ip pardalarn bogʻlanadi. Ayrimlariga yogʻoch, suyak pardalar ham yelimlab yopishtiriladi yoki sim, metall pardalar oʻrnatiladi. Ijrochi Dastaning pardalariga barmoqlar b-n bosib, tor tovushlarining pastbalandligini oʻzgartiradi. Gʻijjak, doʻmbira kabi sozlarning Dastasi pardasiz. Bunday cholgʻularda tovushlarning oʻrni sozandaning barmoqlari bilan musiqa uquvi orqali topib bosiladi;

4) musiqa asari ijrochilari guruhi — ayni ansambl.


Lotin alifbosida maqola: DASTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIMATOV
ALISHER NAVOIY
Shahrizoda guruhi - Dutor
AMALIY SANʼAT
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты