DAHRIYLIK

DAHRIYLIK (arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — islom paydo boʻlmasdan ilgari arab jamiyatida keng tapqalgan aqida. «Oʻlim», «takdir», «ajalning yetishi» maʼnolarini anglatgan bu aqidaga koʻra, insonning takdiri oldindan belgilab qoʻyilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga «yozilgan» narsa, albatta, sodir boʻladi va undan qutulishning iloji yoʻq. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u Doʻnyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yoʻq edi. Borlizing egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, kandaydir «dahr», taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy oʻzgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning eʼtiqodicha, oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun b-n yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Qurʼonda quyidagi soʻzlar bilan ifodalangan: «Ular deydilar: faqat bitta — bu dunyodagi hayotimiz bor — yashaymiz va oʻlamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) xalok qiladi» (Josiya surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida «dahriy» soʻzi «moʻmin» soʻzining aksi sifatida ishlatila boshlandi. Oʻrta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va shoirlar (mas, Mansur Halloj) D. da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida Dahriylik qrralanadi. Dahriylik va ateizm atamalari bir maʼnoni anglatmasada, shoʻrolar davrida ularni sinonim soʻz sifatida ishlatish rasm boʻlib qolgan edi.

Ahadjon Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: DAHRIYLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
YER
QURʼON
TOSHKENT
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты