DAHYAK

DAHYAK (fors — oʻndan bir) — 1) Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa mullavachchalariga beriladigan qismi. Davlat yerlariga qoʻshib olingan vaqf yerlaridan ham Dahyak ajratilgan. Bunday yerlar «vaqfi Dahyak», D. oluvchi talabalar dahyakchilar deyilgan. Dahyak olish uchun Madrasa talabalari arab tili va shariat qoidalaridan imtihon topshirishlari lozim boʻlgan. Dahyakning 2 karrasi dudahyak yerlari deb atalgan;

2) Xiva xonligida soliq turi. Dahyak chigʻir bilan sugʻoriladigan yerlarda hosilning 1/10, ariq bilan sugʻoriladigan yerlarda 1/5 qismini tashkil qilar edi. Soliqsolishdagi bu tafovut chigʻir qurish va dalaga chigʻir bilan suv chiqarishning qiyinchiligiga bogʻliq boʻlgan (q. Ushr).


Lotin alifbosida maqola: DAHYAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
XIVA XONLIGI
BUXORO XONLIGI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты