DEVASHTICH

DEVASHTICH, Divashti, Divasti — Soʻgʻdning muhim viloyatlaridan biri boʻlgan Panch (Panjikent) hokimi (708—722), qoʻzgʻolon rahbari. Soʻgʻd podshosi Tarxunning bolalariga homiylik qilgan. Devashtich Samarqand taxtiga oʻtirgan Gʻurakpn tan olmagan, taxtning qonuniy vorisi — Tarxunning kichik yoshli oʻgʻli nomidan oʻzini Soʻgʻd podshosi deb eʼlon qilgan. Soʻgʻdda qoʻsh hokimiyatchilik vujudga kelgan. 719—722-y. lar arab istilosiga qarshi qoʻzgʻolonda Devashtichning oʻrni katta (q. Devashtich qoʻzgʻoloni). D. SoʻgʻdChoch-Fargʻona harbiy ittifoqini tuzishga harakat qilgan. Devashtichning shu maqsadda elchi orqali Chochga yuborgan maktubi, Choch elchisining esa Devashtichga yozgan maktubi bizgacha yetib kelgan. Devashtich usta diplomat sifatida arablar (Xuroson noibi) bilan ham yozishmalar olib borgan. Arablar Devashtich qoʻzgʻolonini bostirish chogʻida Mugʻ qalʼasit yashirinib yotgan Devashtichni xiyonatkorona ravishda asir olishib, Rabinjon yaqinidagi zardushtiylar qabristonida (xochga tortib) qatl qilishgan.


Lotin alifbosida maqola: DEVASHTICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
AMIR TEMUR
YER
HARBIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты