DEVON DAVRI

DEVON DAVRI, devon sistemasi (Bukj Britaniyadagi Devonshir grafligi nomidan) — Yer geologik tarixi paleozoy eratema (era)sining toʻrtinchi davri va oʻsha davrda hosil boʻlgan yotqiziklar. Silur davridan keyin (438 mln. yil avval) boshlanib karbon davrigacha 48 mln. yil davom etgan (q. Geoxronologik shkala, 1993). Devon davri geol. faniga dastlab 1839 i. ingliz geologlari A. Sejvik va R. Murchisonlar tomonidan kiritilgan. Devon davri uch boʻlim (quyi, oʻrta va yuqori) va 7 yarusga boʻlingan (q. Geoxronologiya). RFda Devon davrining quyi boʻlimi loxkov, praga va ems yaruslariga; oʻrta boʻlimi eyfel va jivet yaruslariga; yuqori boʻlimi-fran va famen yaruslariga boʻlingan (jadvalga q.). Quyi Devon davrida kaledon burmalanishi sodir boʻlganligi sababli yer yuzasining koʻp qismidan dengiz chekingan. Yer yuzasida qizil rangli kontinental — laguna yotqiziqlarining qalin qatlami hosil boʻlgan. Ayrim joylarda shiddatli vulkan otilishlari kuzatilgan. Oʻrta va yuqori devonda platforma va geosinklinallarda Yer poʻstining choʻkishidan keng maydonda dengiz transgressiyasi vujudga kelgan, soʻnggida esa kuchli dengiz chekinishi boʻlib oʻtgan. Terrigen (boʻlakli), karbonatli, baʼzi joylarda tuzli yotqiziklarning qalin qatlami hosil boʻlgan. Devon davri uchun turli suvoʻtlar xos boʻlib, davr boshlarida yerdagi oʻsimliklardan riniofitlar, keyinchalik qirqboʻgʻimsimon, plaunsimon, oddiy qirqquloqlar, yuqori devonda qirqquloq va pteridospermlar tarqalgan. Dengizlarda baliklar, foraminifera, marjon, os-trakoda, braxiopoda, ammonoideyalar yashagan.

Devon davri (sistemasi)ning boʻlinishi Sharqiy Yevropa tekisligi, Kaspiyboʻyi pasttekisligi va Oʻrta Osiyoda Devon davrida arid (quruq) iqlim, bu mintaqadan shim. va jan. da esa tropik (gumid) iqlim boʻlgan. Devon yotqiziklari barcha materiklarda mavjud. Shar-qiy Yevropa va Osiyo shim. da Devon davri d jinslari katta maydonlarda tarqalgan. Platforma, mioevgeosinklinal va orogen formatsiyalari farq kilinadi. Sharqiy Ural, Jan. Tyanshan, Rudali Oltoy va Uzoq Sharqning evgeosinklinal zonalarida vulkanitlar muhim rol oʻynaydi. Orogen zonalarda (Markaziy Qozogʻiston, Oltoysayan oblasti) bir necha km kalinlikda yer ustki (vulkan) formatsiyalari (liparit, bazalt-andezit va andezit) rivojlangan. Granitoid va asos intruziyalar keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda Devon davri yotqiziqlari Chatqol-Qurama, Turkiston-Olay togʻ sistemasida, Zarafshon, Hisor, Zirabuloq, Nurota, Sulton Uvays toglarida va Qizilqum-Nurota regionida tarqalgan. Bu joylarda Devon davri bir qancha mahalliy svitalarga ajratilgan konglomerat, qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, alevrolit, kvarsit va b. effuziv jinslardan iborat. Sistema yotqiziqlarining toʻliq kesmasi Jan. Tyanshanda aniqlangan. Devon davri jinslarida boshoyoqlilar, graptolitlar, ignatanlilar, yelkaoyoqlilar, yumshoqtanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. uchraydi. Devon davri silur davridan hayvonot va oʻsimlik dunyosining oʻzgarganligi bilan farq qiladi. Mac, D. d. da qisqichbaqasimonlar ancha kamaygan, silurda paydo boʻlgan boshoyoqlilar esa juda rivojlangan.

Devon davrining boshlarida Oʻzbekiston hududining jan. qismi iliq suvli, uncha chuqur boʻlmagan, koʻp orolli, ayrim joylarida xarakatdagi vulkanli dengizdan iborat boʻlgan. Jivet yarusida dengiz shim. ga tomon siljigan va ancha chuqurlashgan. Natijada kichik orollar suv qaʼriga choʻkib, yirik orollarning yuqori qismlarigina suv ustida qolgan. Famen yarusiga kelib hoz. Oʻzbekiston hududining deyarli hamma joyini dengiz qoplab olgan. Bu holat quyi karbon davrida ham davom etgan. Devon davrida gersin burmspanishining bir necha fazasi boʻlib oʻtgan. Uning natijasida Chatqol, Piskom, Qoratov, Qurama va b. togʻlar paydo boʻlgan. Oʻzbekistondagi Devon davri jinslarida qoʻrgʻoshin, mis, rux, simob va b. konlari bor. Xorijda Devon davri yotqiziqlarida neft va gazning katta zaxirasi Sharqiy Yevropa (Volga-Ural, Timan-Pechora, Pripyat havzalari), Shim. Amerika (Uilliston, Illinoys, Perm, Michigan havzalari), Afrika (Sahroi Kabir — Oʻrta dengiz havzasi) va Avstraliya platformalarining ichki va chekka qismlaridagi strukturalarda joylashgan, osh tuzi va sulfatlarning qatlamli uyumlari (Sharqiy Yevropa, Sibir, Shim. Amerika va Avstraliya platformasi), kaliy tuzlari (AQSH, Ukraina), temir-marganes va qoʻrgʻoshin rudalari (Markaziy Qozogʻiston), boksit (Shim. Ural va Salair) konlari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: DEVON DAVRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALEDON BURMALANISHI
HINDISTON
BOʻR SISTEMASI
ChEXIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты