DEZINFEKSIYA STANSIYALARI

DEZINFEKSIYA STANSIYALARI — epidemiyaga qarshi ish olib boradigan sanitariya muassasasi; sanitariya-epidemiologiya st-yasi (SES)ning bir boʻlimi. Dezinfeksiya stansiyalari yuqumli kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus transportda kasalxonaga olib borib yotqizish, ularning uyi, zarur boʻlsa, atrofidagi joylarni dezinfeksiya qilish, infeksiya oʻchogʻidan yoki turli muassasalardan keltirilgan kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va h. k. ni dezinfeksiya kameralarida yuqumsizlantirish, davolash-profilaktika muassasalarida kundalik dezinfeksiya oʻtkazish, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari (yotoqxona, kinoteatr va korxonalar)ni profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.


Lotin alifbosida maqola: DEZINFEKSIYA STANSIYALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEZINFEKSIYA
KIYIM
TOSHKENT
EPIDEMIOLOGIYA
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты