DEZINFEKSIYA STANSIYALARI

DEZINFEKSIYA STANSIYALARI — epidemiyaga qarshi ish olib boradigan sanitariya muassasasi; sanitariya-epidemiologiya st-yasi (SES)ning bir boʻlimi. Dezinfeksiya stansiyalari yuqumli kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni maxsus transportda kasalxonaga olib borib yotqizish, ularning uyi, zarur boʻlsa, atrofidagi joylarni dezinfeksiya qilish, infeksiya oʻchogʻidan yoki turli muassasalardan keltirilgan kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va h. k. ni dezinfeksiya kameralarida yuqumsizlantirish, davolash-profilaktika muassasalarida kundalik dezinfeksiya oʻtkazish, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari (yotoqxona, kinoteatr va korxonalar)ni profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.



DEZINFEKSIYA
KIYIM
TOSHKENT
EPIDEMIOLOGIYA
TIBBIYOT


Добавить комментарий