DEYCH Aleksandr Iosifovich

DEYCH Aleksandr Iosifovich [1893.2(14).5, Kiyev – 1972.8.4, Moskva] — rus yozuvchisi, adabiyotshunos, tarjimon. Prof. (1922), filol. fanlari d-ri (1945). Kiyev un-tini tamomlagan (1917). «Jahon adabiyotida Don Juan tipi» (1911), «Prometey haqida mif» (1912), «Doktor Faust tarixi», «Jovanni Bokkachcho» (1913) kabi ilmiy kitoblari, «Amundsen» (1936), «Frityof Nansen» (1936, L. Bat bilan hamkorlikda) va «Taras Shevchenko» (1939) biografik qissalari nashr etilgan. Deych 2-jahon urushi davrida Tosh-kentda Informbyuro vakili boʻlib ishlagan va Oʻrta Osiyo un-tida dare bergan. Deych faoliyatida oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ayniqsa, Alisher Navoiy, Oybek ijodi yetakchi urin egallaydi. «Alisher Navoiyning gʻoyaviy dunyosi», (1968; Oybek bilan hamkorlikda) asarida buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Navoiy asarlaridagi zamon va makon, birlik va umumiylik, bilish nazariyasi kabi falsafiy mushohadalar talqin qilingan. «Bugungi kun va oʻtgan kun» (1969) kitobidagi «Oʻzbekistan qalbi» (asosan Oybek haqida) maqolasida oʻzbek adabiyoti va madaniyati yuksak baxrlangan.

As: Abror Hidoyatov, M. — L., 1948; Oʻzbekistan qalbi: Adabiy-tanqidiy maqolalar, T., 1983.


Lotin alifbosida maqola: DEYCH Aleksandr Iosifovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ROSSIYA
FRANSIYA
OYBEK
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты