OYBEK (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston FA akademigi (1943). Hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911—17), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan «Namuna» maktabida (1918—21) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921—25), Toshkent un-tining ijtimoiy fanlar f-tida (1925—27), Leningrad xalq xoʻjaligi in-tida (1927—29) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent un-tida ukishni tugatadi (1930).
Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillarida boshlab, urta maktab, texnikum va ishchilar f-tlari (1925—27) da, Xalq xoʻjaligi, Qishloq xoʻjalik va Pedagogika in-tlarida til va adabiyot fanlaridan dare beradi, Toshkent untining iqtisod f-tida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930 — 35). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1933) va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot in-tida (1934—37) ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. 1937-y. da Sovet davla-ti qatagʻon siyosatining avj olishi Oybekning «millatchi» va «milliy itti-hodchilar»ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi boʻladi. Kambagʻal oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatagʻondan omon qolgan Oybek 1938-y. oxiridagina Oʻzbekiston oʻquv-pedagogika nashri-yotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941—45 y. lar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxe sifatida quvgʻinga uchraydi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar boʻlimiga (1935 — 51), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar uyushmasi hayʼatiga rais, «Sharq yulduzi» jur. ga bosh muharrir (1945— 59) etib ta-yinlanadi; Til va adabiyot in-tining direktori (1950—52) hamda «Oʻzbek tili va adabiyoti» jur. ning bosh muharriri (1958—68) vazifasini bajaradi. 50-y. lar avvalida yana qatagʻon toʻlqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzok, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi.
Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. «Cholgʻu tovushi» degan birinchi sheʼri 1922-y. «Armugʻon» jur. da bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, «yosh usmonlilar» sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat «Tuygʻular» (1926) va «Koʻngil naylari» (1929) toʻplamlarini eʼlon qilgan. O dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga ba-gʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati «Mashʼala» (1932) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, «koʻngil lirikasi» namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, «Yevgeniy Onegin» sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936) jarayenida orttirgan tajribasi tufayli va A. S. Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari b-n jilolantirib yubordi.
Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik koʻlam Oybek sheʼriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheʼriyat bilan bir qatorda dostonna-vislik sohasida ham izlanishlar olib borib, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Oʻch» (1933), «Baxtigul va Sogʻindiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlarni yezdi. Shoir bu dostonlarida oʻz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiymaʼnaviy masalalarini koʻtarish bilan birga tarixiy oʻtmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheʼriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanʼatkor ekanini namoyish etadi. «Uch» va «Navoiy» dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak «Qutlugʻ qon» va «Navoiy» romanlari uchun oʻziga xos eskiz vazifasini oʻtadi.
Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937—38 y. larda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning «Chimyon daftari» turkumiga kirgan lirik sheʼrlari burjua sheʼriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, «koʻngil sheʼriyati»ga tamomila zid oʻlaroq, «fajdanlik sheʼriyati» deb atalgan sheʼriyat namunalarini yaratishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga daʼvat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan «Oʻzbekiston», «Dneprostroy», «Fanga yurish», «Raisa», «Qizlar» singari oʻnlab sheʼr va dostonlari 30—40-y. lar oʻzbek sheʼriyatida muhim voqea boʻldi.
Oybek 40-y. lar oxiri — 50-y. lar boshlarida «Qizlar» (1947) dostonidan tashqari, «Hamza» (1948), Pokiston taassurotlari asosida «Zafar va Zahro» (1950) va «Haqgoʻylar» (1952) dostonlarini yaratdi. 60-y. larda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida «xrushchyovcha» harorat jilvalari kuringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana «sof lirika»ning guzal namunalarini takdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan «Davrim jarohati» (1952), «Guli va Navoiy» (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-y. lar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qushadi.
Oybekning nasriy merosi 5 roman («Qutlugʻ qon», «Navoiy», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas» va «Ulugʻ yoʻl»), 4 qissa («Shonli yoʻl», «Hyp qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.
Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — «Qutlugʻ qon» asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-y. da, qisqa muddatda yozilgan va 1940-y. da nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining 1-jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chi-qishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni 1916-y. qoʻzgʻo-lonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-y. tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi.
Oybek bu asari bilan A. Qodiriy, Chulpon va S. Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq xarakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. «Qutlugʻ qon» oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-y. 2-jahon urushining qizgʻin bir paytida «Navoiy» romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-a. dagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. O. Navoiy obrazini 15-a. Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. «Navoiy» romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida «Ulugʻbek xazinasi», «Koʻhna dunyo» (O. Yoqubov), «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» (P. Kr-dirov) singari tarixiybiografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.
Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining 2-jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan «Quyosh qoraymas» (1943—59) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-y. larda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orkali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining «toʻp yemi» boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.
Adib «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, «Qutlugʻ qon» romanining davomi sifatida yozilgan «Ulugʻ yoʻl» (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-y. lardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi.
Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan bulmasin, adib shu davr hayotini mukammal urgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon buladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxeni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi.
Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush y. larida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib, vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi «Mahmud Torobiy» operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun «Gʻalvirchi», rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida «Xalq qalqoni» pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi.
Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqrlalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek oʻzining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qad. davridan to oʻtgan asrning 60-y. lariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maqolalar eʼlon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini oʻrganishta ba-gʻishlangan boʻlib, ular keyinchalik Oybekning «Navoiy gulshani» maqolalar toʻplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning oʻzbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shu bilan birga O. Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar boʻlimining raisi sifatida Navoiyning 500-yillik yubileyini tashkil etish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968-y. da nashr etilgan «Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk» kitobidan urin olgan).
Yirik adabiyotshunos Oybek «Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli» (1935) monografiyasi va b. maqolalarida 20-a. oʻzbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy va A. M. Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining oʻzbek yozuvchilariga taʼsiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada oʻrgandi. Mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti yutuklarini qardosh xalklarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayricha ahamiyatga molik.
Serqirra ijod sohibi O. jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilib, Chulpon va Qodiriy asos solgan oʻzbek tarjima maktabini uzining yuksak darajadagi tarjimalari bilan . boyitdi. oʻzbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning «Tartyuf», A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», M. Yu. Lermontovning «Maskarad», «Dovud Sosunli» arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verxarn va b. ning asarlari bilan tanishdi.
Oybek oʻzining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati b-n oʻzbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qoʻshdi. 1980-y. da adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal oʻrnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Termiz davlat un-ti, Toshkent viloyatidagi jamoa xujaligiga Oybek nomi berilgan. Oybek vafotidan keyin «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n takdirlangan(2001).
As: Mukammal asarlar toʻplami [20j. li], 1-20-j. lar, T., 1975-1985.
Ad.: Bat L., Koshchanov M., Aybek. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulshanida krlgan gʻunchalar, T., 1985.
Naim Karimov.