DENGIZ QAMALI

DENGIZ QAMALI — raqib mamlakatni yoki dushmanni dengiz tomondan oʻrab olish; savdo kemalarining qonunsiz ravishda yurishlariga zarba berish uchun qoʻllaniladigan harbiy jang usuli. Dushman dengiz kuchlarining qa-malni yorib oʻtishga urinishiga zarba berish ham Dengiz qamaliga kiradi. Dengiz qamali tarixi 16-a. dan boshlanadi. 18—19-a. larda Fransiya-Angliya urushlarida keng qoʻllanildi. 2-jahon urushida jang qilgan mamlakatlarning flotlari yirik aviatsiya kuchlarining yordami bilan dengiz boʻgʻozlarini oʻrab olishga intildilar. Shu usul bilan Angliya La-Mansh boʻgʻozini, AQSH ning dengiz floti Yaponiya sohilini (Simonoseki boʻgʻozi) dengizdan qamal qilgan.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ QAMALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YAPONIYA
HARBIY SANʼAT
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты