DENDRARIY

DENDRARIY (yun. dendron — daraxt) , dendrologiya bogʻi, arboretum — daraxtlar, butalar, yarim butalar, chirmashuvchilar kolleksiyasi ekilgan ochiq maydon. D. mustaqil yoki botanika bogʻi tarkibiga kiradi. Dendrariy bir necha gektardan yuzlab gektargacha maydonni egallaydi. Dendrariy ilmiy, uquv, madaniy-maʼrifiy, tajriba, i. ch. ahamiyatiga ega; ularda har xil turdagi daraxt oʻsimliklarini namoyish qilish, tajriba va tadqiqot ishlari olib borish uchun baza boʻlib xizmat qiladi. Dendrariyda oʻsimliklar ustida muntazam ravishda kuzatuv ishlari olib boriladi, daraxt va butalarning fenologiyasi, oʻsish va koʻpayish xususiyatlari oʻrganiladi. Shu jumladan xoʻjalik va biologik xususiyatlariga qiyosiy baho beriladi va ulardan foydalanish va r-nlashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi, seleksiya ishlari olib boriladi. Dendrariyning asosiy vazifalaridan biri — har xil oʻsimliklarning introduksiyasm boʻlib, oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon ihotazorlari, koʻkalamzorlashtirish uchun foydalanishda eng chidamli va hosildor shakllar ajratib oli-nadi. Dendrariy larda oʻstiriladigan va oʻrganilgan qimmatli tur va shakllarning urugʻ va koʻchatlarini tarqatish ishlari katta ahamiyatga ega. Dendrariyning majburiy qismi — introduksiyali va reproduksiyali koʻchatzorlardir. Birinchi koʻchatzorda ekspozitsiya uchun urugʻkoʻchat va koʻchatlar yetishtiriladi, ikkinchisida esa koʻchatlar parvarish qilinib boshqa Dendrariylar va i. ch. ehtiyojlari uchun yetkazib beriladi.

Oʻzbekistonda Janubiy Oʻzbekistan seleksiya stansiyasi (Denov)ning subtropik va efir moyli butalar Dendrariysi, Oʻzbekiston oʻrmonchilik xoʻjaligi i. t. in-tining teraklar Dendrariysi (Toshkent sh. yaqinidagi «Dendropark»), oʻrmon daraxtlari va butalari Dendrariysi (Toshkent viloyati Soʻqoq qishlogʻidagi Chatqol togʻoʻrmon melioratsiya st-yasi), Oʻzbekiston FA Botanika bogʻidagi daraxtlar (qayin, qaragʻay va b.) va butalar Dendrariysi va b. bor (yana q. Dendrologiya).

Abduxalil Qayimov, Mirza Sobirov.


Lotin alifbosida maqola: DENDRARIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
DENDROLOGIYA
BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI
YER
SELEKSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты