DESELEROMETR

DESELEROMETR (de… va lot. celero — tezlashtiraman va… metr) — transport mashinasining muayyan vaqt birligi mobaynida sekinlashuvi, yaʼni tezligi pasayishini oʻlchaydigan inersion (inersiya hodisasiga asoslangan) asbob. D. da suyuklik, mayatnik yoki prujinaga osilgan yukcha asosiy ish qismi qisoblanadi. Mac, mayatnikli Deselerometrning asosiy ish qismi shaffof korpusdagi oʻqqa osilgan mayatnik. Deselerometrning koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi xillari bor. Rezina qapishgich (biror sirtga taqalganda havo chiqib ketib, shu sirtga yopishib qoladigan moslama) yordamida Deselerometr avtomobilning old oynasi yoki old paneliga mahkamlab qoʻyiladi. Bunda mayatnik asbob shkalasidagi nolinchi belgi qarshisidagi vaziyatni egallashi lozim. Avtomobil sekinlashganda inersiya kuchi taʼsirida mayatnik maʼlum vaziyatga ogʻadi va uning shu ogʻish qiymatiga qarab sekinlashish darajasi shkaladan aniklanadi.


Lotin alifbosida maqola: DESELEROMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INERSIYA
YER
ISH HAQI
AVTOMOBIL
VAQT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты