DEHQONBOYEV

DEHQONBOYEV Abdusalim (1906.26.10, Ashirqozi qishlogʻi, Fargʻona viloyati — 1943.8.10, Derajichi) — 2-jahon urushi qahramoni. Jamoa xoʻjaligi raisi boʻlib ishlagan. 1943-y. dan frontda, 467-oʻqchi polki (Markaziy front 61-armiyaning 81-oʻqchi diviziyasi) oʻqchisi. Dehqonboyev Gomel viloyatining Loyev tumanidagi Glushes qishlogʻida boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1943-y. 8 okt. da boʻlgan jangda halok boʻlgan. Vafotidan keyin 1944-y. 15 yanv. da Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Tugʻilgan qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan; Fargʻona viloyatidagi maktablardan biri uning nomi bilan yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: DEHQONBOYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
IKKINCHI JAHON URUSHI
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты