IKKINCHI JAHON URUSHI

IKKINCHI JAHON URUSHI (1939 — 45) — Germaniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Germaniyasi oʻynadi. Gʻarb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQSH) hukmron doiralarining «kelishtirish» siyosati Avstriyani (1939-y. mart), Chexoslovakiyani (1939-y. mart) Germaniyaga qoʻshib olinishiga va Myunxen bitimiga (1939-y. sent.) yoʻl ochib berdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishida SSSRning ham aybi bor. 1939-y. 23 av-g. da SSSR bilan Germaniya oʻrtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning maxfiy qoʻshimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada oʻzlarining taʼsir doiralarini boʻlib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polsha davlati bilan bogʻliq edi. Sovet tomoni Gʻarbiy Ukraina, Gʻarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921-y. da boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga daʼvo qilishdan qam voz kechdi.

Germaniya bilan SSSR shartnomaga muvofik, Polыlaga bir vaqtda qoʻshin kiritishlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939-y. 1 sent. da Germaniyaning bir oʻzi Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 3 sent. da Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR 1939 i. 17 sent. da Polsha hudu-diga qoʻshin kiritdi. Koʻp oʻtmay Brestda nemis qoʻmondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qoʻmondonligida Polshaning boʻlib olinishi munosabati bilan qoʻshma sovet-german paradi oʻtkazildi.

SSSR I. j. u. bahonasida oʻz hududlarini kengaytirish va chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939-y. ZOnoyab. – 1940-y. martda SSSR bilan Finlyandiya oʻrtasida harbiy toʻqnashuv boʻldi. Bundan SSSR manfaatdor edi. Oʻzaro urush natijasida SSSR Fin-lyandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar) tortib olib, shim.gʻarbiy chegaralarini mus-tahkamlab oldi. 1940-y. yozida SSSR ning rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shim. Bukovinani sovetlarga berishga majbur boʻldi. 1940-y. iyunda Estoniya, Latviya va Litva sovet qoʻshinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.

1940-y. apr. mayda nemisfashist qoʻshinlari Daniya va Norvegiyani is-tilo qildi, 1940-y. 14-mayda — Niderlandiya, 28mayda — Belgiya taslim boʻldi. Shundan soʻng fashist qoʻshinlari Lyuksemburg va Gollandi-yani bosib olib, ular hududi orqali Fransiyaga (22-iyunda taslim boʻldi) bostirib kirdi.

Sovet hukumati fashistlar Germani-yasini Yevropaning navbatdagi poytax-tini bosib olishi munosabati bilan tabriklab bordi. Internatsionalning di-rektivalarida fashizmga qarshi targʻibotni toʻxtatish haqidagi talablar paydo boʻldi. 1940-y. 27 sent. da Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda «uchlar ittifoqi»ni tuzish haqidagi shartnomaga imzo chekishdi. 1940-y. 28 okt. da fashistlar Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940-y. 20—24 noyab. da Vengriya, Ruminiya va Slovakiya «uchlar ittifoqi»ga qoʻshildi. 1941-y. martda esa Bolgariyaning monarxiyafashistik hukumati ham bu it-tifoq safiga koʻshilishga rozilik bildirdi.

1940-y. 18 dek. da Gitler SSSRga qarshi urush haqidagi 21sonli direkti-vasi «Barbarossa» rejasiga imzo chekdi. Fashistlar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashdan oldin 1941 i. 6—17 apr. da Yugoslaviyani bosib oldi. Shu yilning 13 apr. da SSSR Yaponiya bilan betaraflik haqida kelishib oldi. 1941-y. 20 may — 1-iyunda fashistlar Germaniyasi Krit o. ni egalladi. 18-iyunda esa hujum qilmaslik va hamkorlik haqida Germaniya — Turkiya shartnomasi imzolandi.

1941-y. 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Italiya uning tomonida turib urushga kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarshi urushda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 24-iyunda F. Ruzvelt AQSH xukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga qarshi urushning 1-davri (1941-y. iyun — 1941-y. noyab.) da, asosan, mudofaa xarakteridagi janglar olib bordi.

Fashistlar Germaniyasi va ittifoqchilarining tajovuzkorona harakatining tobora avj olishi jahon mamlakatlarini tashvishga soldi. 1941-y. yozida fashistlar Germaniyasiga qarshi koalitsiya tuzish yoʻlida dastlabki qadam qoʻyildi. 1941-y. 12-iyulda SSSR na Buyuk Britaniya hukumatlari fashistlar Germaniyasiga karshi urushda birgalikda harakat qilish haqida ksli-shib olishdi. 1941-y. 24 sent. da Sh. ls Goll boshchiligida Ozod Fransiya (1942-y. iyuldan Kurashayotgan Fransiya) milliy qoʻmitasi tuzilib, fashizmga karshi kurash boshladi. 1941-y. 5 dek. da nemisfashist qoʻshinlarining Moskva jangitsagi magʻlubiyati Gitlerning «yashin tezligidagi urush» deb atalmish rejasini puchga chiqardi va natijada unga karshi urushga kirgan mamlakatlar soni ortdi.

1941-y. 7 dek. da Yaponiya PyorlXarborga hujum qilish bilan Buyuk Britaniya va AQSHga qarshi urushni boshlab yubordi. 8 dek. da AQSH, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlar Yaponiyaga, 11 dek. da esa Germaniya va Italiya — AQSH ga, shu kuni AQSH fashistlar Germaniyasi va Italiyaga qarshi urush eʼlon qildi.

1941-y. oxiri — 1942-y. boshida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstrali-yaga tavdid sola boshladi. Sharqiy frontda esa nemisfashist qoʻshinlari yozgi hujumlar natijasida Kavkaz boʻsagʻasiga, Volga boʻyiga yetib keldi.

1942-y. 1 yanv. da Vashingtonda 26 davlat ishtirokida fashizmga karshi ku-rashuvchi davlatlarning harbiy itti-foqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942-y. 26-mayda SSSR va Buyuk Britaniya oʻrtasida fashistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarshi urushda ittifoqchi boʻlish va urushdan keyin oʻzaro yordam va hamkorlik qilish haqida shar-tnoma imzolandi. 1942-y. yoziga kelib antigitlerchi davlatlar soni yanada ortdi. 1-iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22 avg. da Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14 dek. da Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. Sharqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12-mart), Filippin o. larini (9-iyun) qoʻlga kiritdi.

Sovet qoʻshinlari urushning 2-davri (1942-y. noyab. — 1943-y. oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm gʻalabalari natijasida Germaniya qoʻ-tpnlari qoʻmondonligi strategik ta-shabbusnp butunlay qoʻldan chiqardi. SSSRda na b. hududlarda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943-y. 13 yanv. da Gitler urushda tashabbusni yana qoʻlga olish maqsadida ommaviy safarbarlik eʼlon qildi, lekin shunga qaramasdan 1943-y. may oyiga kelib Shim. Afrika (q. Shimoliy Afrika kom-paniyasi), Angliya—AQSH qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1943-y. iyul-avg. oylarida Angliya— Amerika desant qoʻshinlari Sitsiliya o. ga tushirildi. 1943-y. 25-iyulda Italiyada Mussolini osib oʻldiriddi va fashistlar rejimi tugatildi. 3 sent. da Italiya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.

1943-y. ga kelib fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar tobora kuchayib bordi. 1943-y. 3-iyunda Jazoirda Fransiya milliy ozodlik qoʻmitasi tuzildi. 12—13-iyulda Germaniyada Ozod Germaniya milliy qoʻmitasi tashkil qilindi. Avg. — sent. oylarida Bolgariya vatanparvarlari frontining milliy qoʻmitasi yuzaga keldi. 1943-y. sent. —okt. oylarida partizanlar bilan Kurashayotgan Fransiya harakati qismlari hamkorligida Korsika o. ozod etildi. 1943-y. 16 yanv. da Iroq, 7 apr. da Boliviya Germaniya, Italiya va Yapo-niyaga qarshi urushga kirdi. 1943-y. 13 okt . da Italiya oʻzining sobiq ittifoqchisi Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. SSSR, Angliya va AQSH hukumatlari Italiyani b«irgalikda uru-shayotgan mamlakat» deb tan oldi. 1943-y. 27 noyab. da Kolumbiya Germaniyaga qarshi urushga qoʻshildi. SSSR, AQSH va Angliya huqumat boshliqlari Tehron konferensiyasiyaa Angliya — Amerika qoʻshinlarini Shim. Fransiyaga tushirish yoʻli bilan Yevropada ikkinchi frontni ochish gʻoyatda muhim ekanligini tan olishdi.

Fashizmga qarshi urushning 3-davri (1944-y. yanv. — 1945-y. may) boshlarida sovet qoʻshinlari SSSR hududining deyarli hammasini ozod qildi. Ittifoqchilar 1944-y. 6-iyunga kelibgina Fransiyaga oʻz qoʻshinlarini tushirib, Yevropada ikkinchi frontni ochdilar va sent. da Fransiya qarshilik koʻrsatish harakati kuchlarining faol ishtiro-kida Fransiya hududining deyarli xam-masi fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. 1944-y. 27-martda sovet qoʻshinlari Ruminiya hududiga kirib bordi. 13-martda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya hukumatlari Germaniya tomonida turib urushayotgan Vengriya, Ruminiya, Bolgariya va Finlyandiyaga urushni toʻxtatish haqida murojaat qildi. Natijada bu mamlakatlarda fashizmga qarshi boʻlgan kuchlar harakati faollashdi. 1944-y. mayda Ruminiyada fashizmga qarshi Birlashgan ishchilar fronti, Vengriyada esa Vatanparvar kuchlar fronti, (2 dek. dan Milliy mustaqillik fronti) yuzaga keldi. 21-iyulda Polshada Milliy ozodlik qoʻmitasi tashkil boʻldi.

1944-y. 25-iyulda Gitler mamlakatda «uta ommaviy safarbarlik» eʼlon qildi. Gitlerning bu tadbiri ham yordam bermadi. U bosib olgan mamlakatlarda ozodlik harakatlari avj oldi. 1944-y.

I avg. —2 okt. da Varshavada, 19—25 avg. da Parijda, 23 avg. da Ruminiyada, 6 — 10 sent. da Bolgariyada fashist boskinchilariga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar boʻldi. Natijada, jahon urushi maydonida kuchlar nisbati tubdan oʻzgardi. Germaniya ittifoqchilari oʻrtasida parokandalik boshlandi. 1944-y. 26 yanv. da Liberiya, 24 avg. da Ruminiya, 15 sent. da Finlyandiya, 28 dek. da Vengriya, 1945-y. fev. da Peru, Urugvay, Venesuela, Turkiya, Misr, Livan, Su-riya, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Ekvador, Chili kabi mamlakatlar, 27-martda esa Argentina fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildilar.

Sovet qoʻshinlari 1944-y. oʻrtalarida Markaziy va Jan. sharqiy Yevropa mamlakatlarini vatanparvar kuchlar yordamida ozod qilishga kirishdi. Shu yili ittifoqchi qoʻshinlar Shim. Italiyani va Gʻarbiy Germaniyaning bir qator r-nlarini ozod qildi. 1945-y. 4—11 fev. da SSSR, AQSH va Angliya davlat rahbarlari ishtirokida boʻlgan Qrim (Yalta) konferensshsidz, Germani-yani batamom tor-mor kilish rejalari, shuningdek, dunyoning urushdan keyingi siyosiy tuzilishi masalalari xususida kelishib olindi.

Amerika—Angliya kurolli kuchlari Tinch okeanidagi Marshall va Mariana o. larini (1944), Filippinni va Yaponiyaning Okinava o. ni (1945) egalladi. 1945-y. 25 apr. da sovet va Amerika kushinlari Elbada uchrashdi. 3-mayda Angliya qoʻshinlari Birma qarshilik harakati kuchlari bilan hamkorlikda poytaxt — Rangunni ozod qildi.

1945-y. 2-mayda sovet qoʻshinlari Berlinni ishgʻol qildi. A. Gitler oʻzini oʻldirdi. 8-mayda Berlin yaqinidagi Karlsxorstda Germaniya oliy qoʻmondonligi vakillari fashistlar Germa-niyasining 2-jahon urushida soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. 9-mayda sovet qoʻshinlari, chex qarshilik harakati kuchlari ishtirokida Chexoslovakiyaning poytaxti Pragani ozod qildi.

SSSR, AQSH va Angliya xukumatlari boshliklarining Berlin konferensiyasitsa, asosan, Germaniya masalasi, uning keyingi taqdiri va taraqqiyot yoʻli, uni demilitarizatsiyalash va de-mokratiyalash masalasi koʻrildi. Kon-ferensiyada SSSR hukumati Yaponiyaga qarshi ittifokchilar bilan birgalikda urushga kirishini yana bir bor taʼ-kidladi. AQSHning havo kuchlari harbiy zaruriyat yoʻqligiga qaramay Yaponiyaning Xirosima (1945-y. 6 avg.) va Nagasaki (9 avg.) sh. lariga atom bom-balari tashladi. Buning natijasida har ikki shahar aholisidan 102 mingga yaqin kishi halok boʻldi, 16 ming kishi bedarak ketdi, 61 ming kishi yarador va 324 ming kishi kuchli radiatsiya bilan zaharlandi.

1945-y. 8 avg. da SSSR olgan majburiyatiga binoan Yaponiyaga urush eʼlon qildi va 9 avg. da unga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. SSSR bilan birgalikda, 10 avg. da Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR), 11 avg. da Xitoy xalq ozodlik armiyasi yapon bosqinchilariga qarshi urushga kirishdi.

Manjuriyadagi yapon qoʻshinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-y. 2 sent. da soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga koʻl qoʻydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi.

Nyurnberg sud jarayoni (1945-y. 20 noyab. — 1946-y. 1 okt.)da natsist harbiy jinoyatchilari ustidan xalqaro sud oʻtkazilib, unda 20 kishi: G. Gering (u oʻzini oʻldirdi), V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, G. Gess va b. adolatli jazolandi. Fashistik tashkilotlar: Natsional-sotsialistik partiya (natsistlar), Gestapo, SS, SD, butun insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatchi tashkilotlar deb eʼlon qilindi. Nyurnbergda boʻlib oʻtgan bu xalqaro sud I. j. u. ga soʻnggi nuqtani qoʻydi.

Ikkinchi jahon urushiga 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok qilgan mamlakatlarning 110 mln. aholisi unga safarbar etildi. Harbiy qarakatlar 40 davlat hu-dudida boʻlib oʻtdi, barcha xarajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 mln. kishi (shu jumladan 27 mln. SSSR fuqarosi) halok boʻldi.

1941-y. 22-iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgach, SSSR tarkibida boʻlgan Oʻzbekiston xalqlari ham bu urush girdobiga majburan tortilgan edi. Oʻsha kuni mamlakatda harbiy holat joriy etildi.

Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy rejalarida SSSRni qisqa muddatli kompaniya jarayonida magʻlub qilish va urushni 1941-y. kuzida tamomlash moʻljallangan edi. Yashin tezligida boshlangan urush sovet rahbariyatida sarosimani yuzaga keltirdi. 29-iyundagina Xalq Komissarlari Soveti (XKS) nomidan joylarga koʻrsatmalar yuboriddi. Ikkinchi Jahon Urushi Stalin faqat 3-iyuldagina xalqqa murojaat bilan chikdi.

1941-y. 30-iyunda Davlat mudofaa qoʻmitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I. V. Stalin 8 avg. da SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni lavo-zimini egalladi. Urushning dastlabki kunlari mamlakatning barcha iqtisodiymaʼnaviy kuchlarini zudlik bilan mudofaa manfaatlariga boʻysundirish, xalq xoʻjaligini toʻliq harbiy izga solish lozimligi xususida qarorlar, koʻrsatmalar qabul qilindi.

Urush davrining musibatlarini oʻz boshidan kechirgan kishilarning xotiralaridan maʼlum boʻlishicha, odamlar oʻsha vaqtda sovet rejimini himoya qilish zaruriyati haqida kam oʻylar edilar. Xalqning aksariyat qismi mus-tabid tuzumni qoralar edi. Chunki, xa-lqning xotirasidan hali Turkiston Muxtoriyatinij qonga belanganligi, istislolchilik harakatining zoʻravonlik bilan bostirilishi, diniy eʼtiqod uchun taʼqib qilishlar esdan chiqmagandi. Jamoalashtirishning stalincha zoʻravonlik bilan amalga oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar xotiradan koʻtarilmagan edi. Mustabid tuzumning ommaviy qatagʻonlaridan qolgan yaralar hali bitmagan edi. Birok., oʻzbek xalqining fashizmga boʻlgan nafrati mustabid tuzum yetkazgan gʻam-alamni orqa oʻringa surib qoʻydi va u dushmanga qarshi otlandi. Shuningdek, mustabid tuzumning «mafkura mashinasi» ham benuqson ishladi — u SSSR tarkibidagi barcha mustamlaka xalqlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qila oldi. Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushi dagi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saklab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi.

Sovet—german urushi boshlangʻich davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga solish edi. Bu masʼuliyatli vazifani SSSRning qariyb 40% aholisi istiqomat qiladigan, koʻmirning 63% qazib olinadigan, poʻlatning 50% ishlab chiqariladigan, donning 38% yetishtiriladigan, ayniqsa, koʻpgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni fashistlar bosib olgan bir paytda hal qilish kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat ich-karisiga koʻchirilayotgan aholi, sano-at korxonalari, oʻquv-yurtlari va b. ning koʻpchiligi Oʻzbekistonga yuborildi. Chunonchi, Oʻrta Osiyo va Qozo-gʻistonga evakuatsiya qilingan 308 sa-noat korxonasining 104 tasi («Len-tekstilmash», «Rostselmash», «Krasniy Aksay», Moskvadagi «Elektrokabel» va «Podyemnik», Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, «Krasniy put», Kiyev «Transsignal» z-dlari, Stalingrad kimyo kombinati va b.), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (toʻpchi) akademiya, bir necha harbiy bilim yurtlari koʻchib keldi.

Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvchi va shoirlar (mas, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Shaginyan va b.) Toshkentga koʻchib kelib, shu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning fashistlar bosib olgan hududlaridan 1 mln. dan ortiq kishi, jumladan 200 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kv. m hajmda uy-joy ajratib berildi. Kupgina oʻzbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga (jumladan, Sh. Shomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi — – 12, M. Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar. 1943-y. oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloklarda esa 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-shafqat namunasi koʻrsatildi.

Oʻzbekistonga koʻchirib keltirilgan sanoat korxonalari niqoyatda qisqa muddatda ishga tushirildi. 1941-y. dek. da evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942-y. 1 yanv. da esa barchasi qayta qurilib toʻla quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Bu harbiy korxonalarni ishga tushirishga shaharliklardan tashqari qariyb 500 ming kolxozchidehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga oʻtkazish harbiy kommunistik usulda amalga oshirildi: 1941-y. 26-iyundan boshlab mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish, katta yoshdagilar uchun xaftada 6 kunlik ish joriy etildi, ish vaqti 11 soatgacha uzaytirildi, taʼ-tilga chiqish bekor qilindi. Idora xizmatchilari, uy bekalari, oʻquvchilar i. ch. ga jalb qilindi. Agar 1940-y. da sanoat ishchilari orasida xotin-qizlar salmogʻi 34%ni tashkil qilgan boʻlsa, 1942-y. da bu koʻrsatkich 63,5% ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uchun jazo choralari keskin qoʻyildi. Korxonalardan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 y. dan 8 y. gacha muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941-y. de-k. da Oʻzbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toshkentda 63 korxona) harbiy izga kuchirilib, front uchun qurol-yarogʻ i. ch. ga kirishdi.

Oʻzbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning oʻsishi va rivojlanishi bilan birga xom ashyo va yoqilgʻi-energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin boʻlib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va koʻmirga boʻlgan ehtiyoj kuchaydi. 1942-y. da Langar molibden koni zaminida molibden f-kasi barpo etildi. Qoʻytosh va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oshirildi. Olmaliqda mis va b. rangli metallarning boy konlari topildi. Angren koʻmir koni respublikaning birinchi koʻmir markaziga aylandi. 1942-y. boshlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, shuningdek, Fa-rhod GES umumxalq hashari bilan bunyod etilishi respublikada front ehtiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respubli-kaning sanoat potensiali 1945-y. ga kelib 1940-y. dagiga nisbatan deyarli 2 barobar koʻpaydi, neft kazib olish 4 barobardan ziyod, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, mashinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan kuproq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi i. ch. 2,42-marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostansiyalari uchun 3 mln. radio lampa, 330 mingga parashyut, 18 ta xarbiy-sanitariya va hammom kir yuvish poyezdi, 2200 ta Kuchma oshxona va kupgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega buldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—45 y. lar mobaynida jangchilar uchun 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi qulga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kishi qalok boʻldi, 132670 kishi bedarak yoʻqoldi, 60452 vatandoshimiz urushdan nogiron boʻlib qaytdi. Shuningdek, un minglab oʻzbekistonlik jangchilar asirlikda boʻldi. Mustabid tuzum ular bilan «ochik,chasiga» gaplashdi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning qar uchtasidan bittasi uyiga kaytmadi. Umuman, SSSR buyicha urush davrida fashistlar qoʻlida 6,2 mln. kishi asirlikda boʻlgan. Urush oxiriga kelib ulardan 4 mln. kishi halok boʻlgan. Omon qolgan asirlar soni 1 mln. dan sal koʻproqedi. Ulardan 60% dan koʻprogʻi GULAG qamokxonalariga tashlandi. Aybsiz sur-gun qilinib, sovet konslagerlariga joʻnatilgan yoki otib tashlanganlar orasida oʻzbekistonliklar ham oz emasdi. Taxm. hisoblarga qaraganda, oʻzbekistonlik harbiy asirlardan 15 min-gdan ortigʻi sovet konslagerlariga yuborilgan. Ikkinchi jahon urushi dagi bu gʻalaba millionlab begunoh kishilarning, jumladan, Oʻzbekiston xalqining qoni, haddan ziyod mashaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qoʻlga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 35 jildli Xotira ki-tobi tayyorlanib, nashr qilindi. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9-may — gʻalaba kuni yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida har yili nishonlanadigan boʻldi.

Ad.: Vtoraya mirovaya voyna. Kratkaya istoriya, M., 1984; Oʻzbekiston Respublikasi Xotira kitobi — Kniga pamyati Respubliki Oʻzbekiston [maxsus jild], T., 1995; Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning tarixiy hissasi. 1941 — 1945 [Ilmiynazariy konferensiya materiallari], T., 1996; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Musallam Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: IKKINCHI JAHON URUSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
BELORUSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты