DIAMMOFOS

DIAMMOFOS, diammoniy fosfat (NH4) 2HPO4 — konsentrlangan azotfosforli oʻgʻit. Tarkibida 21% azot, 53% gacha fosfor bor. Suvda yaxshi erishi va oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtirishi bilan ajralib turadi. Diammofos apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislotani neytrallab tayyorlanadi. Namlanmaydi, sochiluvchan. Tabiatan fiziologik nordan oʻgʻit. Uni hamma tuproklarda (ayniqsa sur tuproqlarda) asosiy oʻgʻit sifatida hamda oʻsimliklarni oʻsuv davrida oziqlantirishda qoʻllaniladi. Koʻpgina murakkab oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Gʻoʻza va b. ekinlarga samaradorligi jihatidan oddiy superfosfatdan ustun, ammofos va ammoniylashgan superfosfatga teng keladi. Oʻzbekistondagi kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: DIAMMOFOS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO SANOATI
FOSFORLI OʻGʻITLAR
MINERAL OʻGʻITLAR
ROSSIYA
AZOTLI OʻGʻITLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты