DIATERMOKOAGULYATSIYA

DIATERMOKOAGULYATSIYA (dia… va yun. therme — issiklik, harorat va lot. coagulatio — ivish) , elektro koagulyatsiya — tirik organizm toʻqimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok b-n quydirish; toʻqimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarroxlik usuli. Qon ketishini toʻxtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab boʻlmaydigan oʻsmalar (mas, teri, hiqildoq oʻsmalari), bachadon boʻynining eroziyalari, qovuq yarasi, teri leyshmaniozi, soʻgal, tish pulpasining yalligʻlanishi va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Kuydiriladigan toʻqima yirik tomirlar va nervlar yonginasida boʻlsa, Diatermokoagulyatsiyani tatbiq etish yaramaydi.


Lotin alifbosida maqola: DIATERMOKOAGULYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISH
KOAGULYATSIYA
OʻSMALAR
BACHADON
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты