BACHADON — 1. Ayollarning ichki jinsiy aʼzosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak aʼzo boʻlib, mus-kullardan tuzilgan va kichik chanoq boʻshligʻida qovuq bilan toʻgʻri ichak orasida joylashgan, shakli toʻnkarilgan nokka oʻxshaydi. Uning tanasi, tubi va boʻyni boʻladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi toʻgri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon boʻynining bir qismi qin ichiga kirgan boʻlib, shu yerda Bachadon teshigi kinga ochiladi. Bachadon devori ichki — shilliq qavat (endometriy), oʻrta — muskul qavat (miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi) dan iborat. Shilliq qavat Bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliqkdvat Bachadon boʻynida kepin-lashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda Bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gor-monlar (follikulin, progesteron) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon bilan ajraladi (q. Endokrin sistema). Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat Bachadon oldi va orqa yuzalarini qop-lab, ikki yonboshida keng boy lam hosil qiladi; shu boylam oraligʻida biriktiruvchi toʻqima qatlami (parametriy) boʻladi. Bachadon boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. Bachadon boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib, silindrsimon epiteliy bilan qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaksiyaga, bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati Bachadonga infeksiya tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning Bachadonga kirishini taʼminlaydi. Bachadon ancha harakatchan boʻlib, qovuq hamda toʻgʻri ichak toʻlganda, homiladorlikda va b. fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga Bachadon kattalashadi. Homila tugʻilgach Bachadon qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi.
Tugʻrukdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va b. boylamlari boʻshashib, Bachadon tushishi mumkin.
2. Urgʻochi hayvonlarning ichki jinsiy aʼzosi — tuxum yoʻlining kengaygan qismi, ularda Bachadon naylari ham kengaygan boʻlib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular koʻp bolalaydilar. Ayrim chuvalchanglar, boʻgʻimoyoqlilar, mollyuskalar va b. da Bachadonga oʻxshash tuzilmalar bor, shuning-dek suvda va qurukda yashovchilar, baʼ-zi sudralib yuruvchilar va barcha sut emizuvchilarda Bachadon oʻziga xos tuzilishga ega. Bachadonda tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qoʻyadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi Bachadonda vaqtincha joylashadi.
Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., Normal va topografik anatomiya, T., 1991.