DIATOM SUVOʻTLAR

DIATOM SUVOʻTLAR (yun. diatomos – teng ikkiga boʻlingan) — kremniyli suvoʻtlar (Bacillariophyta); suv-oʻtlar boʻlimiga mansub. 20 mingga yaqin turi bor. D. s. ning mikroskopik (0,75 — 1500 mkm), bir hujayrali, yakka yoki kolonial formalari mavjud. Diatom suvoʻtlar hujayralari kremniyli ikki pallali qattiq qobiq b-n oʻralgan. Qobiq devorida tashqi muhit bilan moddalar almashinuvi sodir boʻladigan tirqishlar bor. Diatom suvoʻtlarning hujayralarida bir yoki bir nechta yadrochali yadro ustida va bir yoki bir nechta sariq-qoʻngʻir xromatoforalar va b. qismlar boʻladi. Diatom suvoʻtlar boʻlinib koʻpayadi: har bir qiz hujayra ona qobigʻining bir pallasini oladi, boshqasi esa qaytadan oʻsadi, bunda eski yarim palla oʻz chekkasi b-n yangi yarim pallani tutib turadi. Diatom suvoʻtlar s koʻpayish meʼyoriga qarab sekin-asta maydalashadi. Maydalashgan hujayralardan ikkitasi bir-biriga yaqinlashib, pallalari ochiladi va ular oʻrtasida konyugatsiyaga oʻxshash jarayon sodir boʻladi yoki anizogamiya (baʼzan ooga-miya) orqali jinsiy koʻpayish sodir boʻladi. Zigotasi autosporaga aylanib oʻsadi. Bunday zigota oʻsib, dastlabki hujayralarga nisbatan bir necha marta yirik hujayrani hosil qiladi. Baʼzi turlari tinim davrida spora hosil qiladi. Diatom suvoʻtlar diploidli, ularning gametalari esa gaploidli. Diatom suvoʻtlar suv-oʻtlarning tabiatda keng tarqalgan guruhi boʻlib, chuchuk suv va dengizlarda, ayniqsa dengiz tubidagi loyqada, suv oʻsimliklari va toshlar, nam va b. joylarda oʻsadi. Hayvonlarga oziq boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: DIATOM SUVOʻTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
TOSHKENT
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты