DIZENTERIYA

DIZENTERIYA (diz… va yun. enteron — ichak) , ichburugʻ — yoʻgʻon ichakning zararlanishi (bot-bot ich ketishi va qorinning burab ogrishi) va organizmning zaharlanishi (bushashish, holdan toyish, bosh ogʻrigʻi, harorat kutarilishi, kungil aynishi, baʼzan qayt qilish) bilan kechadigan utkir infeksion kasallik. Butun yer yuzida uchraydi. Odamlarda uchraydigan Dizenteriya qoʻzgʻatuvchisining turiga qarab, bakterial Dizenteriya bilan amyobiaz farq qilinadi.

Bakterial Dizenteriya mikroblari tayoqchasimon boʻlib, bir necha turi bor; bu turlarni kashf etgan olimlar nomi bilan Grigoryev-Shiga, Shmits-Shtutser, Fleksner, Zonne va h. k. bakteriyalari deb ataladi. Grigoryev-Shiga bakteriyalari boshqa bakteriyalardan farq qilib, kuchli toksin chiqaradi (bu mikrob qoʻzgʻatgan kasallik ogʻirroq oʻtadi). Fleksner va Zonne bakteriyalari qoʻzgʻatgan hollar koʻproq kuzatiladi (ular qoʻzgʻatgan kasallik yengilroq oʻtadi); Shmits-Shtutser bakteriyalari juda kam uchraydi.

Dizenteriya bakteriyalari bemor axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Kasallikdan sogʻaygan baʼzi kishilar ham Dizenteriya bakteriyalarini uzoq vaqt chiqarib turadi. Bemorni parvarish qilayotgan kishilar, shuningdek, bakteriya tashuvchilarning yuvuqsiz qoʻli va pashsha orqali Dizenteriya mikroblari suv, meva, sabzavot, sut va ovqatga oʻtishi mumkin. Ularda Dizenteriya mikroblari bir necha kundan 2—3 oygacha saqlana oladi. Sogʻlom odam D. bakteriyalari bilan ifloslangan suv, meva, sabzavot, ovqatni isteʼmol qilganda kasallik yuqadi.

Ozodalik qoidalariga rioya qilmaslik (hojatxona, oshxonalarning iflos boʻlishi, pashshani yoʻqotmaslik, qoʻlni tozalab yuvmaslik va sh. k.) D. ning tarqalishiga sabab boʻladi. Dizenteriya yil boʻyi uchrab turadi, ammo issiq faslda (iyun — okt.) pashsha koʻpayishi, suv koʻp ichilishi, meva-sabzavotni yuvmay yeyish natijasida Dizenteriya bilan kasallanish koʻpayadi. Dizenteriyaga hamma moyil, lekin yosh bolalar, keksalar va nim-jon kishilarda koʻproq kuzatiladi. Dizenteriya bakteriyalari yoʻgʻon ichakda koʻpayadi va ayni vaqtda ichakni yalligʻlantirib, butun organizmda moddalar almashinu-viga putur yetkazadi. Ularning yoʻgʻon ichakda qosil qiladigan zahari (toksini) ichak shilliq pardasiga oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi (yalligʻlantiradi, yara hosil qiladi va h. k.), butun organizmni zaharlaydi (intoksikatsiya).

Kasallik yuqqach, 3—4 kunlik yashirin (inkubatsion) davrdan keyin qorin burab ogʻriydi, tez-tez ich ketadi. Avval ich suyuq kelib, keyin qon bilan shilimshiq aralash (yalqugʻ) boʻladi. Bir kecha-kunduzda 10—15-martagacha hojatxonaga borish Dizenteriyaga xos belgidir. Bemor t-rasi kasallikning faqat dastlabki kunlarida salgina koʻtariladi. Qorin dapqir-dapqir burab ogʻriydi, toʻgʻri ichak tortishibqisqarib ogʻritadi (tenezm), ayni vaqtda tez-tez ich kelishi, soxta «hojat boʻlishi» be-morning axgyulini ogʻirlashtiradi. Ich ketishi tufayli koʻp suyuqlik yoʻqolishi natijasida bemor tez ozadi, koʻzi kirtayib qoladi, terisi qurishadi, qoʻl-oyogʻi sovqotadi, ishtahasi yoʻqoladi, qattiq chanqaydi. Umumiy ahvoli mushkullashadi.

Kasallik asoratsiz oʻtganda 6—7kuni ich ketishi kamayadi, axlatda yalqugʻ yoʻqoladi, qorin ogʻrigʻi bosiladi, bemor ishtahaga kiradi. Dizenteriya bir necha kundan (yengil xili) 3—4 haftagacha davom etadi. Kasallik qoʻzishi (qaytalanishi) ham mumkin. Asosan, yosh bolalar bilan keksalarda Dizenteriya ogʻir oʻtadi. Avitaminoz, nimjonlik, oʻta charchash va sh. k. D. ning choʻzilishiga (surunkali Dizenteriyaga) sabab boʻladi. Dizenteriyaning bu xili oylab choʻziladi, vaqt-vaqti bilan zoʻriqib turadi. U soʻnggi yillarda kam uchramoqda. Surunkali Dizenteriya b-n ogʻrigan bemorlardan tevarak-atrofdagilarga kasallik yuqishi mumkin. Yosh bolalarda Dizenteriya oʻziga xos oʻtadi: ichakning yalligʻlanishidan koʻra umumiy intoksikatsiya yaqqol koʻzga tashlanadi. Yuqorida aytilgan belgilardan tashqari, axlatni lab. da tekshirish, yoʻgʻon ichak pastki qismining shilliq qavatini koʻzdan kechirish (kolonofibroskopiya, rektoromanoskopiya) va bakteriologik tekshirish asosida Dizenteriya aniklanadi. Bemor kasalxonada davolangani maʼqul. Dizenteriya bilan ogʻrib oʻtgan kishida qoladigan immunitet uzoq davom etmaydi. Dizenteriyani davolashda dorilardan tashqari, parhezning ahamiyati bor.

Dizenteriyaning oldini olish uchun aholi yashaydigan joylarni toza tutish, oziqovqat korxonalari, suv tarmoqlari ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish, pashshani yoʻqotish, shaxsiy gigiyena qoidalariga jiddiy rioya qilish, mevasabzavotni toza suvga obdan yuvib yeyish kerak va h. k. Aholini, ayniqsa qishloq joylarida, toza ichimlik suv bilan taʼminlash nafaqat Dizenteriya, balki barcha oʻtkir ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ijtimoiy tadbir hisoblanadi. Bolalarni yoshligidan pokizalikka odatlantirish lozim.

Kasallik bemordan atrofidagilarga oson yuqishi, Grigoryev-Shiga bakteriyalari qoʻzgʻatadigan Dizenteriya ogʻir kechishini eʼtiborga olib, bemorni iloji boricha kasalxonaga yotqizib davolagan maʼqul.

Hayvonlardan qoʻzi va choʻchqalarda uchraydigan oʻtkir infeksion kasallik. Asosan 3—5 kunlik qoʻzilarda ichakning gemorragik yalligʻlanishi va ich ketishi bilan kuzatiladi. Qoʻylarda Dizenteriyani Clostridium perfrindens V. turiga mansub spiroxeta qoʻzgʻatadi. Kasallik sogʻlom va kasal hayvonlar birgalikda saqlanganda alimentar yoʻl bilan yuqadi. Dizenteriya qoʻzilatish mavsumi — bahorda avj oladi. Kasal hayvonlarning qon aralash ichi ketadi, ishtahasi yoʻqolib, ozib qoladi. Kasallikning oʻtkir shaklida qoʻzilar bir necha soat ichida nobud boʻladi. Yengilroq kechganda qoʻzi koʻproq yotadi, emmay qoʻyadi, tana harorati 41° gacha koʻtariladi. Keskin oriqlagan qoʻzilar nobud boʻladi. Qoʻzilarni sifatsiz oziqlantirish, gigiyena qoidalariga amal qilmaslik ham kasallikning kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Davolash: gipreimmun zardob, norsulfazol (1%) va b. antibiotiklar buyuriladi.

Oldini olish: zoogigiyena, veterinariyasanitariya kridalariga amal qilish, sifatli oziklantirish, tozalikka rioya qilish, kasallangan hayvonlar 6—10% li xlorli ohak, 5% li kreolin bilan dezinfeksiya qilinadi. Boʻgʻoz qoʻylar qoʻzilashidan 20—30 kun ilgari bir marta, 10—20 kun qolganda ikkinchi marta emlanadi. Qoʻzilar tugʻilishi b-n dastlabki soatlarda Dizenteriyaga qarshi qoʻllaniladigan maxsus zardob yuboriladi (teri ostiga).

Ad.: Musaboyev I. Q., Dizenteriya, T., 1960; Mahmudov O. S, Bolalarning yuqumli kasalliklari, T., 1995.

Shonosir Shovahobov, Ahror Roʻzimurodov.



DIZENTERIYA AMYOBASI
BAKTERIYALAR
ALISHER NAVOIY
AMYOBIAZ
Hamdam Sobirov - Qayt


Добавить комментарий