DIOFANT

DIOFANT (taxm. 3-a.) — yunon matematigi. Aleksandriyada yashagan. «Arifmetika» nomli risolasining bir qismi (13 kitobdan 6 tasi) va koʻp bur-chakli sonlar haqidagi kitobining baʼzi qismlari bizgacha saqlangan. «Arifmetika»da Diofant, asosan, darajasi toʻrtgacha boʻlgan tenglamalarga oid masalalarning, keyinchalik, oʻz nomi bilan atalgan anikmas tenglamalarning yechilishini topgan. Diofant tenglama yechimini butun sonlarda qidiradi. Mat. da Diofant nomi bilan yuritiladigan yaqinlashtirishlar, tenglamalar bor (q. Diofant tenglamalari). D. algebraik va nazariy-sonli masalalarni umumiy yechish usullarini bermagan holda ularni ustalik bilan yechgan. Diofant asarlari P. Ferma, L. Eyler, K. Gauss va b. olimlarning tadqiqotlari uchun asos boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: DIOFANT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
ALGEBRA
XORAZMIY
SONLAR NAZARIYASI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты