DIOFANT TENGLAMALARI

DIOFANT TENGLAMALARI — ikki yoki undan koʻp nomaʼlum qatnashgan, koeffitsiyentlari butun sonlar boʻlgan algebraik tenglamalar; bunda butun yoki ratsional sonlardan iborat yechimlari izlanadi. Birinchi darajali Diofant tenglamalarining umumiy nazariyasini 17-a. da yashagan fransuz matematigi Bashe yaratgan. Ferma, Eyler, Lagranj va Gauss tadqiqotlari natijasida 19-a. boshlarida ikkinchi darajali Diofant tenglamalari asosan tekshirilgan edi. Diofant tenglamalarini tekshirish usullari uzluksiz kasrlar nazariyasiga asoslangan. Diofant tenglamalari deganda nomaʼlumlari soni tenglamalari sonidan koʻp bulgan butun koeffitsiyentli algebraik tenglamalar sistemalari ham tushuniladi. Diofant tenglamalari, baʼzan, aniqmas tenglamalar deb yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: DIOFANT TENGLAMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
YER
SONLAR NAZARIYASI
ALGEBRA
ANIQMAS TENGLAMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты