DISPETCHERLASH

DISPETCHERLASH — i. ch. va b. jarayonlarni tezkor nazorat qilish hamda boshqarishni markazlashtirish; axborotlarni uzatish va qayta ishlashning eng zamonaviy vositalarini qoʻllashga asoslanadi. Dispetcherlash asosiy i. ch. siklidagi barcha jarayonlarning uzluksiz bajarilishini, tejamliligini taʼminlashga, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalarning uzluksiz ishlashini uyushtirishga xizmat qiladi.

Dispetcherlashni dispetcherlik xizmati amalga oshiradi. Dispetcherlash ishlab chiqarish jarayoni murakkab, koʻp bosqichli korxonalarda katta ahamiyatga ega boʻlib, u koʻpgina sohalar — mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika, energetika va elektrlashtirish, kimyo, qurilish va qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoatlari, qishloq va suv xoʻjaligi, transport tarmoklari va b. sohalarda keng qoʻllaniladi: Energetikani Dispetcherlashda elektr st-yalar, elektr uzatish liniyalari va b. operativ boshqariladi. Energetika dispetcheri bir qancha elektr st-yalari va elektr tarmoqlarining birgalikdagi ishini tekshiradi hamda muvofiqlashtiradi. Sanoat korxonalarini D . da kelayotgan axborotni avtomatik ishlash uchun mantiqiy qurilmadan yoki boshqaruvchi kompyuterlardan foydalaniladi. Qurilishni Dispetcherlash aloqa, avtomatik hisobga olish va nazorat qilishning hozirgi zamon jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Bunda qurilish oʻz vaqtida ishchilar, materiallar, loyihalar, qurilish mashinalari, transport bilan taʼminlanadi; qurilish may-donlari ishlari muvofiklashtiriladi; ishchilar, mashinalarning boʻsh turib qolishi va b. kamchiliklar yoʻqotiladi. Avtomobil, havo, suv va t. y. transportlaridagi dispetcherlik xizmatining tarkibi va tashkil etilishi ayrim turdagi transportlarning xususiyatiga va ularning texnik jihozlanishiga koʻra sanoat korxonalaridagi dispetcherlik xizmatidan farq qiladi, bunda yoʻlovchi va yuklarni toʻxtovsiz va maromida tashishga asosiy eʼtibor qaratiladi. Oliy oʻquv yurtlarida dispetcherlik xizmati dare jadvallarini tuzish, oʻquv auditoriyalarini tasdiqlash, darslarni oʻtish jarayonini nazorat qilib borish vazifalarini oʻz ichiga oladi. Dispetcherlik xizmati i. ch. samaradorligini taʼminlovchi tizim boʻlganligi bois, rivojlangan mamlakatlarda bu tizimni uzluksiz takomillashtirib borish va eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlashga katta ahamiyat beriladi. Dispetcherlash meh-nat unumdorligini 12—25% oshirishga imkon beradi. Uni tashkil etishga ketgan xarajatlar 1 —2 yilda toʻla qoplanadi.

Hoz. Oʻzbekistonda xalq xoʻjaligining yirik korxonalari (mas, «Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» aksiyadorlik jamiyati, Asaka avtomobil zdi, Buxoro neftni qayta ishlash zdi va b.) da eng samarali ishlaydigan, zamonaviy texnik uskunalarga asoslangan dispetcherlik tizimi tashkil etilgan.

Sadir Salimov.



YER
TOSHKENT
ROSSIYA
ITALIYA
ENERGETIKA


Добавить комментарий