DIURON

DIURON, gerbatoks, dixlor-fenidim, karmeks (C,HI0ON2C12) — singib, tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid. Rangi oq, 80%li hoʻllanuvchan kukun. Paxtazorlarda, danakli va rezavor meva bogʻlarda, tokzorlarda bir yillik boshoqli (kurmak, itqoʻnoq) va ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Bir yillik begona oʻt (olaboʻta, machin, semizoʻt, ituzum, shamak va b.)larga 1,5 — 2,5 oy davomida taʼsir koʻrsatadi. Tuproq namligi ortgan sari preparatning gerbitsidlik xususiyati ham orta boradi. Oʻsimlikka ildizi orqali shimiladi. Yerga ekish paytida lenta usulida, bogʻlarda erta bahorda begona oʻtlar urugʻi koʻkarmasdan oldin purkaladi. Sarf meʼyori (taʼsir etuvchi modda hisobida) gʻoʻza uchun 0,4—1,6 kg/ga, mevali bogʻlarda 2,5—3,2 kg/ga, 0,5—1,75 kg/ga sarflanadi. Ish suyuqligi 100—150 l/ga. Zahari kam.


Lotin alifbosida maqola: DIURON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
ALMASHLAB EKISH
KOTORAYA
EKINLARNI EKISH
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты