DOJLAR SAROYI

DOJLAR SAROYI — Italiya gotika meʼmorligining ulkan obidasi (9—15-a. lar). San-Marko sobori va kutubxo-nasi hamda boshqa binolar bilan uygʻunlashgan holda shahar meʼmoriy ansam-blini tashkil etgan. Venetsiya davlati hukumat boshliqlari (dojlar)ning qarorgohi boʻlgan hashamatli saroy (18-a. oxiridan muzey) gotika (14—15-a. lar) va renessans (15—16-a. lar) uslubida qayta qurilgan. «Katta maslahat» zali (54×25 m, bal. 15,4 m)da P. Veroneze, Tintoretto, J. B. Tyepolo va b. mashhur rassomlarning asarlari, namoyonlarga ishlangan rasmlari saqlangan. Dojlar saroyi meʼmorligida Italiya va arab-musulmonlarning anʼanalari (bosh tarzining yuqori qismi yaxlit oynali, peshayvoni serustunli, qator ravoqli va b.) uygʻunlashib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: DOJLAR SAROYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты