EVKLAZ

EVKLAZ (yun. — yaxshi, yengil va — buzilish, maydalanish) — orolli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A12Ve2[8Yu4]2(ON)2, aralashmalari: Oe, Mp, Si, baʼzan U, V, 8p R. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, sutrangoq, och sariq, och havo rang, yashil. Shishasimon yaltiraydi; shaffof yoki yarim shaffof. Qattiqligi 7,5, zichligi 3—3,1 g/sm3. Odatda, flyuoritfenakitbartrandit formatsiyali gidrotermal konlarda uchraydi. Muskovit, kvars, flyuorit, fenakit, bertrandit bilan assotsiatsiyada boʻlib, baʼzan granitli pegmatitlarda hosil boʻladi. Evklazning yirik shaffof kristallari 1sinf qimmatbaho toshi hisoblanadi. Berill rudalarining eng asosiy komponentlaridan biri. Asosiy konlari Kolsva (Shvetsiya), AltoMomos (Ekvador), Kashmir (Hindiston), RF (Saxa, Baykalorti, Janubiy Ural), Oʻrta Osiyoda mavjud. Oʻzbekistonda Sargardon volfram konida topilgan.


Lotin alifbosida maqola: EVKLAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
HINDISTON
YER
OSIYO
EKVADOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты