EDUARD

EDUARD — ingliz qirollari nomi: Eduard I (1239.17.6 1307.7.7) 1272-yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan soʻng taxtga chiqqan. Eduard1 davrida parlamentni muntazam chaqirib turish amaliyoti joriy qilingan, bu Angliyada tabaqaviyvakillik monarxiyasi shakllanayotganidan darak bergan. Eduard1 davrida Uels zoʻrlik bilan Angliyaga qoʻshib olingan (1284). Eduard1 ning Shotlandiyani bosib olish uchun qilgan harakatlari (1286-yildan boshlab) shotland xalqining qattiq qarshiligiga duch kelgan. Eduard1 Shotlandiyaga navbatdagi yurishi chogʻida vafot etgan.

Eduard III (1312.13.11-1377.21.6) — 1327-yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Dastlabki yillarda barcha hokimiyat beva qirolicha Izabella va uning jazmani Mortimer qoʻlida boʻlgan. 1330-yildan mustaqil hukmron. 1337 yil Fransiyaga urush eʼlon qilgan (q. Yuz yillik urush).

Eduard IV (1442.28.1-483.9.4) 1461— 83 yillarda qirol (1470-yil oktyabr — 1471-yil apr. dan tashqari). Yorklar sulolasining 1-vakili. Qizil va Oq gullar urushi jarayonida Genrix VI Lankasterni taxtdan agʻdarib hokimiyatni egallab olgan. Qirolligining dastlabki davrida davlat ishlarida graf Uorvikning roli katta boʻlgan. Biroq Eduardning mulkdor zodagonlar mavqeini pasaytirishga boʻlgan harakati natijasida Uorvik va boshqalar lankasterlar tomoniga oʻtib ketgan. 1470-yil oktyabrda Eduard taxtdan tushirilgan. 1471-yil apr. da Barnet va may oyida Tyuksberi yonida lankasterlar qoʻshinini yengib taxtni qayta egallagan. Eduard siyosatida, asosan, oʻrta dvoryanlarga tayangan. yirik mulkdorlarning yerlarini musodara qilgan. Ingliz sanoati (asosan. jun toʻqish va savdo)ni qoʻllab-quvvatlash siyosatini yurgizgan.

Eduard VI (1537.12.10-1553.6.7) — 1547-yildan qirol. Tyudorlar sulolasidan. Genrix VIII va uning 3xotini Jeyn Seymurning oʻgʻli. Taxtga 9 yoshida oʻtirgan. Bolaligi tufayli davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan, asosan, ilohiyot va qadimiy tillarni oʻrganish bilan shugʻullangan. Davlatni boshqarish protektorlar (vasiylar) — E. VI ning togʻasi gersog Somerset, soʻngra (1549-yildan) — graf Uorvik qoʻlida boʻlgan.

Eduard VII (1841.9.11-1910.5.5)1901— 10 yillarda qirol. Onasi qirolicha Viktoriya vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Antantani tuzishda faol qatnashgan. Ichki siyosatda sezilarli rol oʻynamagan.

Eduard VIII (1894.16.7-1972.28.5)1936-yil 20 yanv. — 11 dek. da qirol. Otasi qirol Georg V vafotidan keyin taxtga chiqqan. Bir necha oydan soʻng taxtdan voz kechgan. Eduardning taxtdan voz kechishi bilan bogʻliq «saroy krizisi» Buyuk Britaniya hukmdor doiralari orasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan. 1936-yil 12 dek. da Vindzor gersogi unvonini olgan. 1940—45 yillarda Bagama o. lari general-gubernatori. Hayotining soʻnggi davrini Fransiyada oʻtkazgan.


Lotin alifbosida maqola: EDUARD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YAPONIYA
XITOY
BUYUK BRITANIYA
GENRIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты