EKLAMPSIYA (yun. — chaqnash) — homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta boʻyida boʻlgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida, koʻpincha soʻnggi oylarida vujudga keladi. Eklampsiyaning asosiy belgʻisi tutqanoq tutishidir. Eklampsiyadan avval nefropatiya va preeklampsiya alomatlari (qattiq bosh ogrishi, koʻz xiralashishi, koʻz oldi jimirlashishi, qon bosimi koʻtarilishi, siydikda oqsil koʻpayishi, uyqusizlik, betoqatlik va boshqalar) namoyon boʻladi. Eklampsiyada tutqanoq tutadi, bemor hushdan ketadi. Eklampsiya homiladorlikda, asosan, tugʻruq vaqtida, baʼzan chilla davrit ham uchraydi. Tutqanoq boshlanganda dastlab bemorning yuz muskullari «uchadi», qovokdari yumilib, lab burchaklari osilib ketadi. Soʻng butun gavda muskullari qisqarib, tana taranglashadi, bemor hushdan ketib, baʼzan nafas olmay qoladi, koʻkaradi (tonik talvasa). Keyin yuz, tana va qoʻloyoq muskullari tortishib qisqaradi (klonik talvasa), bemor nafasi qisib xirillaydi, ogʻzidan koʻpik keladi, yotgan joyida oʻzini koʻtaribkoʻtarib otadi. Tirishish toʻxtagach, ayol bir necha vaqt koma holatida (behush) yotib, sekin-asta oʻziga keladi. Ogʻirroq hollarda Eklampsiya tutqanoqsiz kechadi (komatoz shakli). Baʼzan Eklampsiya alomatlari roʻyrost koʻzga tashlanmaydi, ularni vaqtida aniqlash ancha qiyin. Shu sababli u goʻyo bexosdan paydo boʻlgandek boʻladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga shikast yetib qolmaslik chorasini koʻrish lozim; u tilini tishlab olmasligi uchun ogʻziga bandiga doka oʻralgan qoshiq solib qoʻyiladi; tutqanoq xuruji oʻtib ketgach bemorning soʻlagi nafas yoʻllariga tushmasligi uchun ogʻzini toza salfetka bilan artib olinadi. Eklampsiyada oʻpka shishishi yoki miyaga qon quyilishi tufayli ayol, platsentaning oʻrnidan koʻchishi, bachadonga qon quyilishi tufayli esa homila nobud boʻlishi mumkin.
Davosi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi, siydik ajralishini kuchaytiruvchi doridarmonlar, kislorod, parhez buyuriladi. Oldini olish: homiladorlikning ilk toksikozlarini oʻz vaqtida davolashdan iborat.
Ad.:Qodirova A., Homiladorliktoksikozlari, T., 1994.