DON KUYASI

DON KUYASI (Sitotroga cerealella Oliv.) — xavfli ombor zarrarkunandasi. Qurti (lichinkasi) makkajoʻxori soʻtalari, arpa, sholi, bugʻdoy, javdar, shuningdek, suli, oq joʻxori va dukkakli ekinlar donini shikastlaydi. Kapalagi 6—9 mm, kanoti yozilganda 11 — 19 mm. Oldingi qanotlari uchli, uchida ingichka tillarang popugi bor, kanoti asosidan qora chiziq oʻtgan. Qurti 7—8 mm, oqish, boshi qoʻngʻir, harakatchan, don magʻzini yeb, shu joyda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbagi 6—6,5 mm, rangi toʻq qoʻngʻir. D. k. pillaga oʻralgan qurtlik holida qishlaydi, koʻklamda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri 10—15 kunga boradi, keyin kapalakka aylanib, urgʻochisi don yuzasiga 200 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 5—8 nasl beradi. Tuxumi rivojlanishi uchun 27 — 28° harorat va don namligi 12%dan yuqori boʻlishi kerak. Tuxumdan 10—15 kunda qurt chiqadi, don b-n ovqatlanadi, Kuzda omborning devor va poliga oʻrmalab chiqib, pilla oʻraydi. Oʻzbekistonning janubiy r-nlarida dala ekinlariga ham zarar yetkazadi.

Kurash choralari: ombor ichi, asbobuskunalar yangi hosil qabul qilinguncha insektitsidlar va b. pre-paratlar suspenziyasi yoki ularning emulsiyasi bilan dorilanadi, eshik va derazalari zich yopilib, metil bromid, xlorpikrin yoki dixloretan preparatlari bilan dezinfeksiya qilinadi.

Lutfi Mirmaqsudova.


Lotin alifbosida maqola: DON KUYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
YER
OMBOR ZARARKUNANDALARI
IPAK QURTI
KARAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты