IPAK QURTI

IPAK QURTI — hasharotlar sinfi, tangaqanotlilar turkumi tut va eman ipak kurti oilasiga kiradigan kapalaklarning qurtlik (lichinka) davri. Ipak qurtlari Bombycidae va Saturnidae oilalariga boʻlinadi. Bombycidae oilasiga xonakilashtirilgan tut ipak qurti (20 ga yaqin turi bor), Saturnidae oilasiga esa yovvoyi (eman) ipak qurtlari kiradi.

Eman Ipak qurti bir yilda bir, ikki, baʼzan uch avlod beradi va eman daraxti bargi bilan oziqlanadi. Xitoy, yapon, hind eman Ipak qurti turlari mavjud (q. Eman ipak qurti).

Tut Ipak qurti tut bargi bilan oziklanadi va bir yilda necha avlod berishiga qarab monvoltin (bir avlod), biovoltin (ikki avlod) va polivoltin (ikki-tadan ortiq avlod beradigan) zotlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda faqat tut Ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari oʻz rivojlanishida tuxum, qurt, gʻumbak va kapalak bosqichlarini oʻtadi, soʻnggi kapalaklik davrida Ipak qurti batamom voyaga yetgan bulib, urchish qobiliyatiga ega boʻladi. Uning kurtlik davri 5 yoshdan iborat. 1 yoshdan 2-yoshga oʻtishda pust tashlaydi. Ipak qurti buyi 1-yoshi boshida 3 — 4 mm bulib, 5-yoshi oxirida 85—88 mm ga; vazni 0,0004 g dan 3,5—5,0 g ga yetadi. Bitta qurt hayotida 20—25 g barg (75—80% ini 5-yoshida) yeydi.

Ipak qurti gavdasi bosh, kukrak va qorin qismlaridan iborat. Qurt yoshligida uning boshi qora tusda bulib, yoshi kattalashib, qurt usgan sari oqarib boradi va 5-yoshda qoʻngʻir-jigarrang tusga kiradi. Boshining ustki qismida moʻylov, ogʻiz va ipak chiqaruvchi naychasi, ikki yon tomonlarida koʻzlar joylashgan. Qurt boshining ostki tomonida ogʻiz boʻshligʻi va uning ikki yonida arra tishli ustki jagʻ-gʻajish organi boʻlib, shu jagʻlar vositasi bilan bargni kemiradi. Qurt kukrak qismi 3 boʻgʻimdan iborat, har bir boʻgʻimning ostki qismida bir juftdan oyoqchalari joylashgan. Qorin ipak kurti tanasining birmuncha uzun qismi boʻlib, 9 boʻgʻimdan iborat; 8-boʻgʻimining ust tomonida etdor chiqigʻi — pixi, 9-bugʻimida esa orqa chiqarish teshigi bor.

Ipak qurtining tanasida 9 juft nafas yuli — teshigi bor. Bu nafas yullari bi-rinchi kukrak bugʻimining hamda qorin qismidagi oldingi 8 bugʻimining yon tomonlarida tuxum shaklidagi dogʻ koʻrinishida joylashgan.

Ipak qurtida 8 juft oyoq buladi, bundan 3 jufti koʻkrak boʻgʻimlarida va 5 jufti qorin boʻgʻimlarida joylashgan.

Kurtlik davri monovoltin zotlarda 25—27 kun, bivoltin zotlarda 20 kun. Shu davrda kurt 4-marta pust tashlab, 5-yoshni utaydi va pilla urashga kirishadi. Pilla oʻrash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri haroratga qarab, 2—3 hafta davom etadi. Gʻumbak tanasi duksimon boʻlib, xitin bilan qoplangan, harakatlanmaydi. Rivojlanish davom etib, gʻumbak kapalakka aylanadi.

Kapalak ogʻzidan maxsus suyuqlik chiqarib, pillaning bir uchini hoʻllaydi. Kapalak pillaning yelim moddasi erigan oʻsha joyni oyoklari bilan surib teshik ochadi va tashqariga chiqadi. Kapalak havo haroratiga qarab, 5—10 kun yashaydi. Erkak va urgʻochi kapalaklar bir-biri bilan juftlashganidan keyin urgʻochi kapalak tuxum tashlaydi (yana q. Pillachilik).

Ad.: Rojdestvenskiy K. M.,Toirov 3. T., Tut ipak qurti biologiyasi, T., 1965; Abduraqmonov A., Rojdestvenskiy K. M., Ipak qurti naslchiligi va urugʻchiligi, T., 1991.

Klara Solshova, Homidiy Homid ibn Soqiy.


Lotin alifbosida maqola: IPAK QURTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
HINDISTON
IPAK KURTI TUXUMI
HIND OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты