IPAK KURTI TUXUMI

IPAK KURTI TUXUMI, qurt tuxum — ipak kurti kapalaklari tuxumi. Tuxum ipak qurti tuxumdonida shakllana borib, asosan, gʻumbak organizmida rivojlanadi. Ipak kurti tuxumi loviya shaklida, yarim tiniq qobiq (poʻchoq)qa oʻralgan. Kobikda juda koʻp mayda te-shikchalar boʻlib, ular orqali embrion nafas oladi. Yangi qoʻyilgan tuxumning rangi och sariq boʻlib, 2—3 kecha-kunduz davomida och sariq rangdan pushti rangga, soʻngra qizgʻish-qoʻngʻir rangga va nixryat, boʻzkulrang tusga kiradi. Tuxum rangining bunday oʻzgarib turishi uning oʻsibrivojlanayotganligi, hayot jarayonlarining davom etayotgani belgisidir. Tuxum xorion deb ataladigan qattiq qobiq (poʻstloq) bilan qoplangan, qobiqning qalinligi ipak qurti zotlariga qarab 20—60 mikron boʻladi. Tuxumning uchki tomonidagi maxsus quvurcha (mikropil naycha deb ham ataladi) orqali tuxum ichiga spermatozoid kiradi.

Otalanmagan (erkak kapalak bilan qoʻshilmagan) tuxumlarning rangi sariq boʻladi, keyinroq borib bu tuxumlar qurib qoladi. Tuxumlarning vazni ipak qurtining zotiga, tuxum tashlash muddatiga, voltinligiga, yaʼni bir yilda nechta avlod berishiga va qurt boqish sharoitiga bogʻliqdir. Yuksak agrotexnika qoidalariga rioya qilinib boqilgan ipak qurti tuxumlarining boʻyi 1,4— 1,5 mm, eni 1,1 — 1,2 mm, massasi esa 0,525—0,670 mg ga yaqin boʻladi. Solishtirma ogʻirligi 1,08 g. 1500—2000 tuxum 1 g keladi. Oʻzbekistonda ipak qurti zoti va duragaylari bir quti tuxumlari vazni 29 g (ayrim mamlakatlar, mas, Rossiyada 25 g) qilib belgilangan. Urugʻlangan tuxumda 2—3 kunda embrion va pigmentli seroz qobiq (parda) hosil boʻladi, bunda tuxum koʻkish-kulrang tusga kiradi (urugʻlanmagan tuxum oqishligicha qolib qovjiraydi). Embrionning dia-pauza davri 2 bosqichda oʻtadi: 1-bosqichda embrionning (yoz va kuz mobay-nida) nafas olishi susayib, unga haroratning ortishi taʼsir etmaydi; 2-bosqichda (qish va bahor mobaynida) embrionga qarorat taʼsir eta boshlab, uning nafas olishi kuchayadi, rivojlanish qobiliyati tiklanadi. Ipak kurti tuxumi bahorda tut bargi yetilishini hisobga olgan holda maxsus inkubatoriyalarda ochiriladi (q. Ipak qurti tuxumi in~ kubatsiyasi). Takroriy qurt boqish uchun diapauzani bartaraf etish maqsadida tuxumga xlorid kislota eritmasi bilan ishlov beriladi.

Yoqubboy Akijikov!


Lotin alifbosida maqola: IPAK KURTI TUXUMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IPAK QURTI
IBN SINO
IPAK QURTI KASALLIKLARI
IPAK QURTI TUXUMI ZAVODI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты