IPAK QURTI TUXUMI ZAVODI

IPAK QURTI TUXUMI ZAVODI — ipak qurti kapalaklaridan qurt (tu-xumi) olinadigan maxsus korxona. Asosiy vazifasi ipak qurti boquvchi xoʻjaliklarni ipak qurtining sanoatbop duragay tuxumlari bilan taʼminlashdan iborat. Ipak qurti tuxumi zavodi pillachiliknaslchilik st-yalaridan olingan elita tuxumlarini ochirib qurt boqib pilla yetishtiradi. Bu pillalar saralanib, maxsus apparat yordamida jinslarga ajratiladi. Har qaysi jinsdagi pillalar alohida maxsus simtoʻrli katak idishlarda saqlanadi va ulardan kapalaklar chiqariladi. Erkak hamda urgʻochi kapalaklarning turli zotlari chatishtirilib, lozim boʻlgan duragay tuxumlar tayyorlash maqsadida ona kapalaklar maxsus qogʻoz xaltachalarga, qutichalarga joylanadi, shu yerda ular tuxum tashlaydi. 1 kg pilladan 53 g chamasi tuxum tayyorlanadi. Qurt tuxumlari 29 g dan qilib tortilib, quti (paket) larga solinadi. Tayyorlangan qurt tuxumlari yoz-kuz va qish paytlarida maxsus gigrotermik sharoitda saklanadi va baxrrda xoʻjaliklarga tarqatiladi. Oʻzbekistonda Andijon, Asaka, Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Margʻilon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Tovoqsoy, oʻrganch, Fargʻona, Xoʻjaobod, Shahri-sabz, Kuqon sh. larida — jami 14 Ipak qurti tuxumi zavodi faoliyat koʻrsatmoqda (2002). Bu z-dlarning har biri 25—30 ming quti tuxum tayyorlash quvvatiga ega.

Ad.: Abdurahmonov A., Rojdestvenskiy K. M., Ipak qurti urugʻchiligi va naslchiligi, T., 1991.

Yoqubboy Akijikov.


Lotin alifbosida maqola: IPAK QURTI TUXUMI ZAVODI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IPAK QURTI
IPAKCHILIK SANOATI
IPAK KURTI TUXUMI
IPAKCHILIK STANSIYASI
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты