IPAKCHILIK SANOATI

IPAKCHILIK SANOATI — yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham Ipakchilik sanoatiga kiradi.

Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-a. da Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hoz. Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.

19-a. ning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-y. dan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh. larida dastlabki ipak kalavalash f-kalari qurildi. Mac, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-y. da Toshkentda araq va vino z-di bilan birga pillakashlik f-kasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-a. oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-y. da Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.

1921-y. da Oʻzbekistonda Fargʻona sh. da birinchi 56 qozonli pillakashlik f-kasi ishga tushirildi. 1927—32 y. larda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh. larida ham pillakashlik f-kalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik f-kalarida olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) k-tlari, Qoʻqon shoyi toʻqish f-kasi (1926) ishga tushirildi. 1937-y. ga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940-y. ga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik f-kalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi.

1940—70 y. larda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, Ipakchilik sanoati yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-y. da yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, viloyatlar shaharlarida k-tlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda Ipakchilik sanoati korxonalari shoyi gazlamalar turlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, Ipakchilik sanoati mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.

1980-y. ga kelib Oʻzbekistonda ipak ip i. ch. 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-y. da esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, Ipakchilik sanoati yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikarildi, 1991-y. da respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.

Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati Ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-y. dan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1998-y. 30-martdagi «Respublikada pil-lachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida» Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 1998-y. 3 apr. dagi «Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga koʻra mustaqil «Oʻzbek ipagi» uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek, tabiiy shoyi i. ch. va qayta ishlash boʻyicha Markaziy i. t. in-tini («Shoyi» tadqiqot in-ti, Mar-gʻilon) oʻz ichiga oladigan «Shoyi» aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan z-dlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dast-labki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik i. t. in-tini oʻz ichiga oladigan «Pilla xolding» xolding kompaniyasi kiradi.

Pilla xom ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadlarida 2000-y. fev. oyida Oʻzbeki ston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni res-publikadan chetga chiqarishga chek qoʻyildi.

1995-2000-y. larda Ipakchilik sanoatiga chet el investitsiyalarini jalb qilish, ipak ashyosini qayta ishlash, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chikarish va uni eksport qilishni koʻpaytirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. «Pilla xolding» xolding kompaniyasi tarkibida 7 qoʻshma korxona: «Silk Road» Oʻzbekiston — Yaponiya (Namangan), «Kumush» Oʻzbekiston—Britaniya (Shahrisabz), «Silk indiastrz Ko» Oʻzbekistan—Vyetnam (Toshkent), «Tonmen» Oʻzbekistan — Janubiy Koreya (Toshkent viloyati), «Xadan» Oʻzbekiston—Xitoy (Buxoro), «Silk star» Oʻzbekistan— Singapur (Samarqand viloyati), «Buxoro—Kvashen» Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonalari tashkil etildi. 2000-y. da «Kumush» aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketini Buyuk Britaniyaning «Carthill invest ment» kompaniyasi 565 ming AQSH dollariga sotib oldi. «Oʻzbek ipagi» uyushmasi tarkibida 10 pillakashlik korxonasi — «Atlas» (Namangan), «Buyuk ipak yoʻli» (Fargʻona), «Buxoro ipagi» (Buxoro), «Buloqboshi ipagi» (Andijon viloyati Buloqboshi sh.), «Ipakchi» (Namangan viloyati, Uychi sh.), «Kumush» (Shahrisabz), «Tola» (Toshkent), «Turon shoyi-si» (Margʻilon), «Xorazm ipagi» (Urganch), «Hujum» (Samarqand) aksiyadorlik jamiyatlari; 7 shoyi toʻqish korxonasi — «Alisher Navoiy» (Margʻilon), «Atlas» (Namangan), «Izboskan shoyi toʻqish f-kasi» (Andijon viloyati Poytug sh.), «Qoʻqon shoyiatlas toʻqish», «Margʻilon ipak gazlamasi», «Musaffo» (Samarkand), «Turon shoyisi» (Margʻilon) aksiyadorlik jamiyatlari ishlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi ipak kurti pillasi yetishtirish hajmi boʻyicha jahon mamlakatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Braziliyadan keyin 5-oʻrinda turadi. Tarmoq korxonalarida 30 mingga yaqin kishi ishlaydi (2000). Mamlakatda 2000-y. da 18,9 ming t pilla, Ipakchilik sanoati korxonalarida 1200,3 t ipak ip, 95 t ipak kalava tayyorlan-di, 5,336 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlarda shoyi gazlamalar, ayniqsa sintetik va sunʼiy ipak tolalaridan gazlamalar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi mavkeda turadi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Jan. Yevropa mamlakatlari va Braziliyada ipak qurti pillasidan ipak olish va ipak gazlamalar i. ch. taraqqiy etgan (yana q. Yengil sanoat, Pillachilik).

Ad.: Razvadovskiy V. N., Opыt issledovaniya kustarnыx promыslov v Turkestanskom kraye, T., 1916; Xafizov N. R., Shelkovodstvo Sredney Azii, T., 1969; Shyolk Oʻzbekistana (Sb. statey), T., 1971.

Abdumannop Ahmadaliyev, Nuriddin Musayev.


Lotin alifbosida maqola: IPAKCHILIK SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
ITALIYA
BUXORO VILOYATI
BUXORO XONLIGI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты