HIND OKEANI

HIND OKEANI — Dunyo okeanining bir qismi. Shim. tropik chizigidan deyarli butunlay jan. da. Okeanning tabiatiga uning atrofini oʻrab olgan barcha materiklar, ayniqsa, Yevrosiyo materigi katta taʼsir koʻrsatadi. Jan. qismida Hind okeani Atlantika va Tinch oke-anlari bilan katta masofada tutashib turadi. Atlantika okeani bilan chegarasi shargli ravishda Afrika jan. dagi Igna burni meridiani (20° shq. u.), Tinch okean bilan chegarasi Tasmaniya o. dagi Janubiy burun meridiani (147° shq. u.) orqali oʻtkaziladi. \. o. ning shim.-sharkda Tinch okean bilan chegarasi murakkab: Malakka ya. o. dan Sumatra o. shimoliy qismiga oʻtadi, soʻngra Sumatraning jan.-gʻarbiy, Yava, Sumbava, Timor o. larining jan. qirgoqlari boʻylab oʻtib, Yangi Gvineyaning gʻarbiy qirgʻogiga borgach, orolning jan. qiryugʻi boʻylab oʻtib, Avstraliyaning Iork burni meridi-aniga, keyin shu meridian boʻylab Avstraliyaga boradi. Soʻngra Avstrali-yaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari boʻylab oʻtib, Tasmaniya o. ga boradi. Shim. dan Osiyo, garbdan Afrika va jan. dan Antarktida oʻrab turadi. Hind okeani Tinch okeandan farq qilib Yer poʻstining barqaror materik tuzili-shiga ega boʻlgan palaxsalari — – Gon-dvana materigi boʻlaklari bilan oʻralgan. Faqat shim.-sharqda yosh, tektonik geosinklinal mintaqa bilan chegaralangan. Bu yerda tektonik harakatlar kuch-li, yer qimirlashlar tez-tez boʻlib turadi.

Hind okeani mayd. 76,17 mlp. km2, kattaligi jiqatdan 3-oʻrinda. Suv hajmi 282,7 mln. km\ oʻrtacha chuq. 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond novi). Qirgʻoq chizigʻi ancha tekis, faqat shim. va shim.-sharqda egri-bugri joylar bor. Bu yerda qoʻltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va b.) va dengiz (Qizil, Andaman, Timor, Arafura va b.) koʻp. Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning oʻrta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va b. bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan togʻlarida marjon orollar koʻtarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va b.

Hind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki jan. tropik chizigʻi okeanning deyarli oʻrta qismidan kesib oʻtadi.

Relyefi va geologik tuzilishi. Hind okeani botigʻi ancha yosh boʻlib, mezozoy erasida qad. Gondvana materigi (quruqligi)ning parchalanishi, quruqlik palaxsalarini siljib keti-shi, qad. Tetis va Tinch okeanlari Yer poʻstining parchalanishi natijasida 70—65 mln. yillar avval hoz. shaklini olgan. Botiqning taraqqiyot tarixi hoz. suv osti relyefida oʻz aksini topgan. Materiklarning suv ostidagi davomi okean maydonining 30% ga yaqinini tashkil etadi. Afrikaning suv ostidagi davomi shelfning en-siz ekanligiga qaramay, Agulyas sayozligi, Mozambik, Madagaskar suv osti togʻlari hisobiga ancha keng maylonni egallagan. Madagaskar suv osti doʻngligi va Madagaskar o. ni kichik konti-nent deyish mumkin. Zambezi daryosi quyilish joyidan Somali ya. o. gacha boʻlgan materik sayozligida marjon qurilmasi koʻp. Yevrosiyo shelfi ancha keng maydonni egallagan. Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigidagi materik sayozligi, asosan, daryo choʻkindilaridan qosil boʻlgan. Hind okeanida oraliq mintaqa (materikdai okeanga tektonik oʻtish zonasi) uning shim.-sharqiy qismida nisbatan kichik masofada ifodalangan. Unga Andaman dengizi, Zond o. lari yoyi (Sumatra, Yava, kichik Zond o. lari), Yava, Timor, Kay botiqlari kiradi. Bu srda 30 dan ortiq vulkan mavjud. kuchli zilzilalar boʻlib turadi.

Hind okeanida okean oʻrtaliqtizmalari mayd. 17% ni gashkil etadi. Ular okean oʻrtasidan 3 yoʻnalishda davom etadi. Ara-biston, Gʻarbiy Hind, Afrika— An-tarktika, Arabiston — Hindiston, Markaziy Hind, Avstraliya—Antark-tika koʻtarilmalari Arabiston, Soma-li, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, Kroze, Afrika—Antarktika, Markaziy, Jan. Avstraliya, Avstraliya — Antarktika soyliklarini bir-biridan ajratib turadi. Okeanning eng chuqur joyi Yava botigʻidagi Zond novi, 7729 m.

Okean osti yotqiziqlari orasida foraminifera gili koʻp. Soyliklarning chuqur qismlarida chuqur suv qizil gillari, ekvatorial mintaqada radiolyariy gillari tarqalgan. Hind okeanida foydali qazilmalardan Markaziy soylikda temir-marganes konkretsiyalari, Afrika jan. va Arabiston ya. o. yaqinida fosforit koʻp. Materik sayozligi qumlaridan ilmenit, rutil, sirkoniy, monatsit, magnetit ajratib olinadi. Kassiteritning sochma konlari bor. Qirgʻoqlarda qurilish materiallari: chigʻanoqli ohaktosh, shagʻal, qum, glaukonit, dolomit, ol-tingugurt olinadi. Hind okeani qavzasi, ayniqsa, Jan.-Gʻarbiy Osiyo neft va gazga boy. Okean shelf zonasida ham neft va gaz konlari topilgan.

Gidrologik rejimi. Hind okeani janubiy yarmidagi oqimlar Atlantika va Tinch okeanlardagiga oʻxshash. Subtro-pik yuqori bosim taʼsirida soat millari harakatiga teskari yoʻnalishda aylanma oqimlar tizimi yuzaga kela-di: Jan. passat, Madagaskar, Mozam-bik, Agulyas, Gʻarbiy Shamollar, Gʻarbiy Avstraliya oqimlari. Okean shim. dagi oqimlarga musson shamollari katta taʼsir koʻrsatadi. Qishda musson oqimining eng katta tezligi 2,1—2,9 km/soatdan oshmaydi, oʻrtacha yillik tezligi 3,6 km/ soatga geng. Af-rikaning shim.-sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Somali oqimi vujudga keladi. Suv qalqishi yarim sutkalik va notoʻgʻri sutkalik xususiyatga ega. Eng katta suv qalqishi Kambey qoʻltigʻida (bal. 12 m) yuzaga keladi. Hind okeanining shim.sharqiy chekkalari kuchli seys-mik zona boʻlganidan sunami koʻp kuzatiladi.

Hind okeanida Janubiy Hind yuqori bosim markazi, Ekvatorial past bosim markazi, Osiyo materigidagi fasliy oʻzga-ruvchan bosim markazi havo qarakatlarini belgilovchi omildir. Qishda xavo bosimi Yevrosiyodan okean markaziga tomon pasayib boradi. Okeanning shim. qismida qishki musson shamollari esadi. Yozda Jan. Osiyo minimumi markazi tarkib topadi. Janubiy Hind okeani maksimumi kuchayadi. Natijada jan. dan shimolga shamol esadi. Yerning oʻz oʻqi atro-fida aylanishi natijasida bu shamol shim.-sharqqa burilib, yozgi mussonni tashkil etadi. Shamol tezligi 8—9 m/ sek. Janubiy Hind okeani yuqori bosimi 30° dan jan. dagi kengliklarda boʻladi. Antark-tika yoni past bosimli markazga yil davomida tezligi 5 m/sek. boʻlgan doimiy gʻarbiy shamollar esadi. Baʼzan shamol tezligi kuchayib, dovulga aylanadi. Kergelen o. va uning yon atrofi dunyoda dovul eng koʻp boʻladigan joy hisoblanadi. Okeanda suv harorati qavo harorati oʻzgarishiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Suvining t-rasi yuza qismida 20°, eng jan. da 0° dan past. Eng yuqori t-ra Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida kuzatiladi: 30—32°. Shoʻrligi shim.gʻarbiy qismida 35,5 — 36%g, Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida 40—41ʻ^g, eng kam shoʻrlik Bengaliya qoʻltigʻi va Malayya o. lari atro-fida boʻlib, 30 — 34%g.

Hind okeanida muzlar hosil boʻlishi Antarktida yaqinida kuzatiladi va shamol hamda oqimlar taʼsirida avg. da 55° j. k. va fev. da 65—68° j. k. largacha yetib boradi. Aysberg 40 va 80° shq. u. larda ayniqsa koʻp.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Hind okeani 2 ta biogeografik ob-lastga kiradi. Hind—Tinch okean tro-pik oblasti va Antarktika oblasti. Hind — Tinch okean oblasti planktonga boy. Fitoplankton, asosan, diato-meya va peridineya, shuningdek, havorang-yashil suvoʻtlardan iborat. Radio-dyariy, foraminifera, amfipodalar ayniqsa koʻp. Moʻtadil va antarktika mintaqalarida eng koʻp tarqalgan planktonlar diatomeyalardir. Fitobentoslardan tropik mintaqada sargasslar, turbinariylar tarqalgan. Ohaktoshli suvoʻtlar marjonlar bilan birga marjon qurilmalarini hosil qiladi. Hind okeanining suzib yuruvchi jonivorlari ham juda xilma-xil. Baliqlardan sardinella, anchous, stavrida, mayda tuneplar, kefal. dengiz laqqa baliqlari bor. Tosh-baqa, dengiz ilonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan kit, kashalot, del-fin, tyulen, dengiz fillari mavjud. Qushlardai chayka, baklan, albatros, jan. da pingvinlar yashaydi. Endemik hayvon koʻp: ignaterililar, mollyus-kalar, marjonlarning koʻp oilalari, baliqning 20 ta oilasi endemikdir. Antarktika oʻlkasidagi 90% baliq ep-demik hisoblanadi.

I q. t i s o d i y g ye o g r a f i k o ch ye r k . H. o. ning biologik mahsuldorligi turli qismlarida turlicha. Oke-anping qirgʻoqboʻyi qismlari, ayniqsa, shim. qirgoqboʻyi mahsuldor boʻlib, sutkasiga 250—500 mg/m: ga teng. Eng yuqori biologik mahsuldorlik Arabiston dengizida, sutkasiga 600 mg/ m2. H. o. ning biologik boyliklari Atlantika va Tinch okeanlarnikidai kam emas. Biroqtoʻliqfoydalanilmaydi. Jahopda ovlanadigan baliqning 3 — 5%, yaʼni 3 mlm. t si Hind okeaniga, uning 1,5 mln. t si Hindistonga toʻgʻri keladi. Yaqin va Oʻrta Sharq shelf zonasida neft va gazning yirik konlari topilgan. Hindiston, Sharqiy Afrika, Gʻarbiy Avstralim shelf zonalari istiqbolli hisoblanadi. Hindiston, Shri Lanka, Gʻarbiy Avstraliyaning sohil qismidagi qumlar ilmenit, pirkon, rutil va monatsit sochilmalariga boy. Oksanning markaziy chuqur qismidagi temir-marganes kon-kretsiyalar jadal ravishda qazib olinmoqda.

Hind okeanining transport ahamiyati katta. Hind okeanidan oʻtgan tranzit yoʻllar Atlantika va Tinch okean portlarida tugaydi. asosiy dengiz yoʻllari okeanning shim. qismida kenglik boʻylab, Fors qoʻltigʻidan Afrika qirgʻoqlari orqali Atlantika okeaniga oʻtadi. Suvaysh kanali orqali oʻtgan suv yoʻli ham muhim ahamiyatga ega. Hind okeani qirgʻoqlarida Rastannura (Saudiya Arabistoni), Xark (Eron) va b. maxsus neft portlari, Adan, Mumbay, Kal-kutta, Karochi, Yangon va b. universal portlar joylashgan.

Hind okeanining asosiy ekologik muammolaridan biri okean suvining turli chiqindilar bilan ifloslanib borayotganligi. Bunda neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanish 1-oʻrinda. Sanoat chiqindilari bilan birga suvga koʻp miqdorda mis, rux, margimush, surma, vismut tushadi. Ular muhitning fizik-kimyoviy holatiga taʼsir koʻrsatadi. Okean suvini, xususan, Fors qoʻltigʻi suvini chiqindilar bilan if-loslanishiga qarshi kurashish uchun 1978-y. da Kuvayt protokoli imzolandi. 1981-y. da shunday shartpoma Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻi haqida ham tuzilgan. 1983-y. da Vellingtonda Antarktika florasi va faunasini muho-sraza qilish toʻgʻrisida konvensiya imzolandi. 1984-y. da Sharqiy Afrika qirgʻoqlari yaqinidagi suv muhitini muhofaza qilish rejasi tuzildi. Bularga muvofiq okeanning turli qismlarida tabiat, hayvon va oʻsimliklarni muhofaza qilish maqsadida rezer-vatlar tashkil etilgan.

Oʻ r g a n i l i sh t a r i x i . H. o. haqidagi lastlabki tasavvurlarga uning sohillarida yashagan xalkdar ega boʻlganlar. Ular savdo va harbiy maqsadlarda Hind okeanining turli qismlarida suzishgan. Mil. av. 5—4 – ming yilliklarda Mesopotamiyada yashagan shumerlar Fors qoʻltigi va Arabiston dengizida suzganlar. Finikiyaliklar esa mil. av. 4-a. da Qizil dengizdan chiqib, Afrikaning sharqiy va jan. qirgʻoqlari boʻylab aylanib chiqqanlar. Oʻrta dengiz boʻyida yashagan xalqlar okeanla musson shamollardan foydalanib suzishgan. Yunop va rimliklar Ben-galiya qoʻlgigi orqali Jan.-Sharqiy Osiyo va Xitoy bilan aloqalar oʻrnatganlar. Arablar 1 — 8-a. larla okean toʻgʻrisida juda koʻp maʼlumot toʻplashgan. 1441-y. la Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga dengiz orqali sayohat qilgan. Hind okeani va uning sohillari va Hindiston toʻgʻrisida goʻplagan maʼlumotlarini «Ikki saodatli yulduzning balqishi va ikki dengizning qoʻshilishi» asarining 2 bobida bayon etgan. Undan 27 y. keyin Hind okeaniga Afanasiy Nikitin, 56—57 y. dan soʻng portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama borgan. Ibn Mojid ham oʻz asarlarida Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Hind okeanida kemalarning suzish yoʻnalishlarini tavsif-lab bergan.

Hind okeani qirgʻoqlarini aniqpash, geogra-fiyasini oʻrganishga bagishlangan dengiz ekspeditsiyalari 18-a. oxirlaridan boshlandi. 1772—75 y. larda J. Kuk, 1803—06 y. larda I. F. Kruzenshtern va Yu. F. Lisyanskiy, 1815-16 va 1823-26 y. larda O. Ye. Kotsebu tadqiqot ishlari olib borishdi. 19—20-a. boshlarida Hind okeanini oʻrganish ishlari kengaydi. 1857—69 y. larda Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻida suv osti telegraf kabellarini oʻtkazish maqsa-dida okean tubi oʻrganildi. 1898—99 y. larda Germaniya tashkil etgan chuqur suv ostini oʻrganish ekspeditsiyasi Sharqiy Hindiston va Arabistoi — Hindiston suv osti togʻlarini kashf etdi. 1906-y. da yana bir nemis kemasida olib borilgan oʻlchash ishlari natijasida Yava botigʻi kashf etildi. 20-a. da Hind okeanini Xalqaro geofizika yili dasturi asosida «Ob», «Lena» kemalarida tashkil etilgan ekspeditsiya oʻrgandi. 1959—60 y. larda AQSH oke-anshunoslari Gʻarbiy Hind sun osti tizma togʻlaripi kashf etdilar. 1960 — 65 y. larda Hind okeanida Xalqaro ekspsditsiya boʻlib, uning dasturiga okeapni har tomonlama toʻliq oʻrganish kirtildi, unda 20 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etdi. Ekspeditsiya 2000 dan ortiq okeanologik st-ya tashkil qildi. Hind okeaniqtda suv osti apparatlari yordamida ham kuzatish ishlari olib borilmoqda. 2004-y. dek. da roʻy bergan zilzilalar va sunamidan keyin oke-anni oʻrganish yana ham kuchaytirildi.


Lotin alifbosida maqola: HIND OKEANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATLANTIKA OKEANI
AVSTRALIYA
JANUBIY AMERIKA
HINDISTON
INDONEZIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты