DON PARVONASI

DON PARVONASI, ombor parvonasi (Ephestia elutella Nv.) — parvonalar (Pyralididae) oilasiga mansub ombor zararkunandasi. Kavkaz, Oʻrta Osiyoda koʻp uchraydi. Qurti don, don mahsulotlari, kakao dukkagi, kofe doni, meva qoqilari va b. zararlaydi. Kapalagi qanoti yozilganda 12—17 mm. Oldingi kanotlari och kulrang, cheti qizgʻish yoki qoʻngʻir. Tuxumi oq, dumalok, (diametri 0,35—0,45 mm). Qurti 12—13 mm, duksimon, xira oq. Gʻumbagi 0,5—6,5 mm, sargʻish-qoʻngʻir. Kurtlik davrida qishlaydi. Urgʻochisi 150 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 4—5 kunda qurt chiqadi. Qurtlik davri 40— 80 kun, gʻumbaklik davri 6—11 kun. Yiliga 2—4 avlod beradi.

Kurash choralari: omborlar yangi hosilni qabul qilishdan oldin devor yoriqlari geksaxloran dusti aralashtirilgan loy bilan suvaladi, bino atrofi tozalanadi. Bino ichi, asbob-uskunalar preparatlar suspenziyasi yoki emulsiyasi b-n dorilanadi va aerozol shashkalar tutatiladi, ombor deraza va eshiklari zich yopilib, metil bromid (1 m3 hajmga 40 g), xlorpikrin (1 m3 hajmga 25—40 g) va dixloretan (1 m3 hajmga 280—300 g) bilan dezinfeksiya qilinadi.

Lutfi Mirmaqsudova.


Lotin alifbosida maqola: DON PARVONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KARAM
IPAK QURTI
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
OMBOR ZARARKUNANDALARI
DON KUYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты