DONOR-AKSEPTOR BOGʻ

DONOR-AKSEPTOR BOGʻ, koordi natsion bogʻ — kimyoviy (kovalent) bogʻning bir turi. D.-a. b. bir atom (donor)ning bir juft elektroniga boshqa atom (akseptor)ning boʻsh (toʻlmagan) elektron qavati toʻgʻri kelganda sodir boʻladi. Bu bogʻlanishda ham elektronlar ikki atom uchun umumiy boʻladi. Ammiak bilan vodorod ioni (proton) ning oʻzaro taʼsiri natijasida ammoniy ioni hosil boʻlishi bunga yaqqol misoldir. Ushbu reaksiya pirovardida toʻrtinchi kovalent bogʻ N—N hosil boʻladi. Ammoniy ionidagi barcha N—N bogʻlar oʻzaro teng kuchlidir. Bu holda ammiak molekulasi — donor, proton — akseptor (yana q. Kimyoviy bogʻ).


Lotin alifbosida maqola: DONOR-AKSEPTOR BOGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BOGʻ TUZISH SANʼATI
ATOM FIZIKASI
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты