ELEKTR

ELEKTR (elektro…) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliqhodisalar majmui. Mil. av. 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun matoga ishqalangan ebonit parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega boʻlib qolishini taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600-yilda ingliz vrachi U. Gilbert ipakka ishqalangan shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday xossaga ega boʻlishini aniqlagan va «E». terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil jismlarni oʻziga tortadigan jismlarni elektrlangan yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritildi. Faqat 18-asrga kelib Elektr hodisalari tez surʼatlar bilan oʻrganildi. Elektr haqidagi taʼlimot taraqqiyotini 3 bosqichga ajratish mumkin:

1) tajriba dalillarining toʻplanishi va asosiy tushunchalar, qonunlarni aniqlash davri (mil. av. 8-asr, 19-asr oʻrtalari);

2) elektromagnit maydon haqidagi taʼlimotning shakllanish davri (19-asr ikkinchi yarmi);

3) Elektr atomistik nazariyasining shakllanish davri (19-asr oxiri 20-asr boshlari).

Taʼlimotning birinchi davridagi Elektr hodisalarining asosiylari quyidagilar. Ingliz fizigi S. Grey ayrim jismlarning Elektr oʻtkazuvchanlik xususiyatlarini ochib, tabiatdagi barcha jismlarning oʻtkazgichlar va izolyatorlarta boʻlinishini aniqladi (1727). Fransuz fizigi Sh. Dyufe va amerikalik olim B. Franklin Elektr zaryadlarning 2 turi mavjudligini aniqlashdi. Zaryadlarning ebonitda hosil boʻlgani manfiy, shishada hosil boʻlgani musbat ishorali deb olingan. Olimlar bu zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishini (bir xil ishorali zaryadlarning bir-biridan itarilishini, har xil ishorali zaryadlar oʻzaro tortishishini) aniqlashgan (1747—53). Ingliz fizigi va kimyogari G. Kavendish (1773) hamda fransuz fizigi Sh. Kulon (1785) zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf etishdi.

18-asr oʻrtalarida atmosferadagi Elektrni, Elektr uchquni, Elektr razryadning biologik va fiziologik taʼsirini oʻrganish rivojlandi. Nemis olimi E. G. Kleyst va golland fizigi P. Mushen Bruk tomonidan leyden bankasining kashf etilishi (1745—46) Elektr hodisalarini va uning fiziologik taʼsirini oʻrganishga keng yoʻl ochib berdi. B. Franklin, rus olimlari M. Lomonosov va G. Rixmanlar tomonidan chaqmoqning elektr tabiati isbotlandi, uning Elektr nazariyasi yaratildi (1750—53). Akad. F. U. Epinus elektrostatik induksiya va zaryadlarning oʻtkazgich sirtida bir tekis taqsimlanmasligi hodisalari bilan shugʻullanib (1750), E. zaryadning saqlanish qonuni haqidagi oʻz fikrlarini aytdi. Italyan fiziklari L. Galʼvani (1786) va A. Volʼta (1792) tomonidan tajribalar asosida kontakt E. hodisalari oʻrganilib Elektrning kimyoviy va kontakt manbalari kashf qilinganidan soʻng oʻzgarmas tok hosil boʻlishi namoyish qilindi, oʻzgarmas tokning taʼsirini jadal oʻrganish boshlandi va Elektrni amaliy qoʻllashga birinchi urinishlar boʻldi. Rus fizigi V. V. Petrov elektr yoyni kashf etdi (1802), E. dan yoritish va metallarni pechlarda eritishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi. A. Volta kontakt potensiallar ayirmasi qonunini ochdi (1795). Nemis fizigi G. Om tok kuchi oʻtkazgichning uzunligiga, koʻndalang kesimiga va galvanik elementlar soniga bogʻliq ekanligini tajribada aniqladi (1820). Ingliz fizigi J. Joul (1841) va rus fizigi Elektr. Lens (1842) birbiridan bexabar tok oʻtganda oʻtkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlaydigan qonunni (q. Joul — Lens konuni) kashf etdilar.

Daniyalik fizik X. Ersted elektr tokining magnit miliga taʼsir koʻrsatishini kashf qilish bilan (1820) Elektr nazariyasida yangi bosqich — tokning magnit xossalari haqidagi taʼlimotni boshlab berdi. Fransuz fizigi, matematigi va kimyogari A. Amper oʻzgarmas toklarning oʻzaro taʼsirini oʻrganib, ikki elementar tokning oʻzaro taʼsir kuchlari toklar koʻpaytmasiga toʻgʻri mutanosib (proporsional)ligini aniqladi (1820) (q. Amper konuni). Fransuz fiziklari J. Bio, F. Savar va P. Laplas tok hosil qilgan magnit maydon kuchlanganligini aniqlaydigan qonunni kashf etdilar (1820). Shunday qilib, ham doimiy magnit, ham elektr toki magnit maydoni manbai boʻlishi mumkinligi isbotlandi. Doimiy magnit maydoni tokli solenoidning magnit maydoniga oʻxshashligidan, Amper doimiy magnitlarning xossalariga, umuman jismlarning magnitlanib qolishiga ularda mavjud boʻlgan elementlar aylanma toklar — molekulyar toklar sabab boʻladi, degan gipotezani ilgari surdi. 20-asr boshida atom tuzilishiga oid kashfiyotlar natijasida atomlardagi elektronlarning yadro atrofidagi aylanma haraKatlari tufayli molekulyar toklar hosil boʻlishi aniqlandi. X. Ersted va A. Amperning katta mehnatlaridan soʻng magnetizm E. haqidagi taʼlimotning tarkibiy qismi boʻlib qoldi. Shu davrga kelib, ingliz fizigi M. Faradeyning ilmiy faoliyati boshlandi. Ayniqsa, uning 2 kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi (1831) va elektroliz qonunlari (1834) fizika tarixida muhim ahamiyatga ega. Faradey bu kashfiyotlari bilan Elektrning koʻp texnik qoʻllanishiga nazariy asos yaratdi. Elektr. Lens induksiyalangan elektr tokining yoʻnalishini aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (1833) (q. Lens qoidasi). M. Faradey oʻz ishlarida elektr va magnit maydonlari tushunchalarini kiritdi, maydonning oʻzgarishi va atrof muhitga tarqalishida shu moddiy muhitning xususiyatlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. M. Faradeyning elektroliz qonunlari elektrokimyoning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshdi va Elektr zaryadlarining diskret ekanligi toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi.

Elektr haqidagi taʼlimotning ikkinchi davri 19-asrning 2-yarmidagi kashfiyotlar bilan bogʻliq. M. Faradeyning elektr va magnit maydonlar haqidagi taʼlimotini ingliz fizigi J. K. Maksvell chuqurlashtirdi va rivojlantirdi. Maksvellning eng katta ilmiy yutugʻi elektromagnit maydon nazariyasining yaratilishidir (1860—65). Bu nazariyani u elektromagnit hodisalarning asosiy qonuniyatlarini tavsiflovchi bir necha tenglamalar tizimi koʻrinishida ifodaladi (q. Maksvell tenglamalari). Maksvell Elektr maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma magnit maydonni va, aksincha, magnit maydonning vaqt boʻyicha oʻzgarishi uyurma Elektr maydonni hosil qilishini oʻz nazariyasiga asos qilib oldi. Maksvellning elektromagnit toʻlqinlar mavjudligini va ularning fazoda yorugʻlik tezligi bilan tarqalishini oldindan aytib berishi (1865) unga yoruglik ham elektromagnit toʻlkinlardan iborat deyishga asos boʻddi (1865). Bu nazariyani amalga oshirishda nemis fizigi G. Gers tajribalarida elektromagnit toʻlqinlarni olishi muhim rol oʻynadi. Rus fizigi A. S. Popov elektromagnit toʻlqinlardan radionl ixtiro qilishda foydalandi.

M. K. Maksvell nazariyasiga koʻra, elektromagnit toʻlqinlar energiyaga ega va jismga tushayotganda bosim koʻrsatadi. Tutash muhitlarda elektromagnit toʻlqinlar energiyasi harakatini va uning saqlanish qonunini umumiy tarzda rus fizigi N. A. Umov birinchi boʻlib ifodalab berdi (1874). Elektromagnit toʻlqinlarning, jumladan, yorugʻlikning bosim koʻrsatishini rus fizigi P. N. Lebedev tajribalarida isbotladi (1899). 19-asr oxirlariga kelib, Maksvell nazariyasiga, moddaning kinetik nazariyasiga va boshqalarga asoslangan Elektr taqsimoti rivojlanishining yangi uchinchi davri boshlandi. Elektr tuzilishining diskretligi (atomistik strukturasi) ga asoslangan taʼlimot yuzaga kela boshladi. Atom tarkibida elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga asoslangan modda tuzilishining Elektr taʼlimoti — elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bunda fransuz fizigi J. A. Puankare, golland fizigi X. A. Lonrents, ingliz fizigi J. J. Tomsonlarning xizmatlari muhim ahamiyat kasb etdi. Irlandiyalik fizik G. Gelmgols Faradeyning elektroliz qonunlariga asoslangan holda Elektr zaryadining diskretligi, eng kichik elektr zaryad — elementar zaryad mavjudligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1881). Ingliz fizigi J. J. Stoni bu elementar zaryadni «elektron» deb atagan (1891). Katod nurlari, termoelektron emissiya, fotoelektr hodisalar, radioaktivlik kabi yangi hodisalarni oʻrganish haqiqatda atomlar tarkibida elektronlar mavjudligini isbotladi. Elektr Rezerford atom tuzilishining planetar modelini tavsiya etdi. Shu davrga kelib, modda tuzilishining elektron nazariyasi bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Mas, bu nazariya issiqlik nurlanish qonunlarini, metallarda elektron gaz issiqlik sigʻimini, elektron oʻtkazuvchanlik bilan issiqlik oʻtkazuvchanlikning oʻzaro munosabatiga doir nazariy va eksperimental natijalar mos kelmasligini klassik elektron nazariyasi tushuntira olmadi, balki yangi nazariya — kvant nazariyaning yaratilishiga turtki boʻldi.

Elektr haqidagi taʼlimot elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, televideniye va boshqalar koʻpgina tarmoqlarning asosi hisoblanadi.

Ad.: Kudryavsev P. S, Istoriya fiziki, M., 1956; Rahimov Gʻ. R., Elektronika, T., 1968; Tamm I. Ye., Osnovn teorii elektrichestva, M., 1976; Fozilov H. F., Ustanovivshiyesya rejimn elektroenergeticheskix sistem i ix optimizaniya, T, 1999.

Sunnat Gʻoipov.


Lotin alifbosida maqola: ELEKTR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISHQALANISH
HINDISTON
BERUNIY
IBN SINO
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты