DRENAJ OQIMI MODULI

DRENAJ OQIMI MODULI — zaxi qochiriladigan maydon birligi (gektar) ga toʻgʻri keladigan sizot (grunt) suvi oqimining miqdoriy tavsifi. Drenaj oqimi moduli (sd) 1 ga uchun l/s da oʻlchanadi. Drenaj oqimi moduli optimal meliorativ rejim saqlangan sharoitlarda drena va kollektorlardagi suv sarfini aniklashda foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda Drenaj oqimi moduli 1 ga maydonga 0,15—0,40 l/s toʻgʻri keladi. Uning qiymati hisoblash (analitik) va tajriba (eksperimental) usullari bilan aniqlanadi. Grunt va yer osti suvlarining drenaj inshootlariga eng koʻp oqib kelishi davrida ularni qanday jadallikda oqizib yuborish uchun kollektordrenaj tarmogʻining doimiy va muvaqqat inshootlarini iqtisodiy foydali mutanosiblikda qoʻllash masalasi Drenaj oqimi moduli qiymati asosida hal etiladi.

Masharif Boqiyev.


Lotin alifbosida maqola: DRENAJ OQIMI MODULI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
GORIZONTAL DRENAJ
MELIORATIV RAYONLASHTIRISH
GIDROGEOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты