DUKKAKDOSHLAR

DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) — ikki pallali oʻsimliklar oilasi (koʻp yillik va bir yillik oʻtlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiqturkum, 12000 turni oʻz ichiga oladi. Yer yuzining hamma oʻlkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda Dukkakdoshlar 3 kenja oilaga — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Koʻp turlari dehqonchiliqda yetishtiriladi. Barglari murakkab, pat shaklli (juft yoki toq), 3 boʻlakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon bargchalari bor. Mevasi bir uyali, bitta mevabargdan tashkil topgan dukkak. Yakka yoki toʻpgulga yigʻilgan. Gulqoʻrgʻoni 4—5 boʻlakli, kosacha va gultojga boʻlinadi. Gultoji egri-bugri, 5 toj-bargdan iborat: 1 yirik (yelkan), 2 oʻrtacha (eshkak) va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, baʼzan 9—5 ta, odatda, 9 tasi iplar bilan birikkan boʻlib, bittasi erkin boʻladi. Urugʻchisi bitta, usti tugunchali.

Dukkakdoshlarning barcha turlari oʻsimlikni azot bilan taʼminlovchi azot toʻplovchi mik-roorganizmlar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuninguchun ham dukkakli don ekinlari boshqa ekinlar uchun eng yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Dukkakdoshlar qimmatbahr oziq-ovqat, texnika, ozuqabop hamda manzarali oʻsimliklardir. Dukkakli don ekinlari xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega, doni oqsil (mas, noʻxat, soya, yasmiq va h. k.), kraxmal va moyga boy (soya, yeryongʻoq va b.). Sugʻorma dehqonchilikda Dukkakdoshlarda eng qimmatlilari koʻp yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Mac, beda gʻoʻza-beda almashib ekishning asosiy ekini. Ayrim turlarining poʻsti hamda yogʻochlik qismida qimmatli texnik moddalar — gummi, balzam, smolalar bor. Dukkakdoshlardan drok (sariq gulli dukkakli choʻl oʻsimligi), indigo va b. dan boʻyoqlar olinadi. Ayrim Dukkakdoshlar — akatsiya, koʻk noʻxat, pechakgul, boʻridukkak manzarali, baʼzilari esa — shirinmiya yoki qizilmiya, termopsis, sano, kassiya va b. dorivor oʻsimliklardir. Dukkakdoshlarning koʻpchilik turlari zaharli, oʻzida har xil alkaloidlar hamda glikozidlar toʻplaydi.

Ad.: Sahobiddinov S. S, Oʻsimliklar sistematikasi. T., 1969,Hamidov A., Nabiyev M., Odilov T., Oʻzbekiston oʻsimliklari aniqyaagichi, T., 1987.

Qoʻziboy Dushamov.


Lotin alifbosida maqola: DUKKAKDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
HINDISTON
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты