ELEMENTAR FUNKSIYALAR — koʻphadlar, ratsional, koʻrsatkichli, darajali, logarifmik, trigonometrik, teskari trigonometrik funksiyalar, shuningdek, bu funksiyalardan toʻrt arifmetik amal va chekli marta qoʻllanilgan superpozitsiyalar yordamida hosil qilinadigan funksiyalarni oʻz ichiga olgan funksiyalar sinfi.
Elementar funksiyalar sinfi yaxshi oʻrganilgan va u amaliy mat. da koʻp qoʻllanadi. Elementar funksiyalarning hosilasi hamisha Elementar funksiyalar boʻladi, lekin Elementar funksiyalardan olingan integral E. f. boʻlmasligi ham mumkin.