EPIGRAMMA

EPIGRAMMA (yun. — ustki yozuv) — kichik hajviy sheʼr. Yunonistonda ibodatxona va haykallarga oʻyib yozilgan sheʼriy parchalar Epigramma deb atalgan. Ularda maʼbudlar va qahramonlar madh etilgan, baʼzan Epigrammalar hikmatli iboralarni ham qamrab oladi. Birinchi yunon Epigrammalar antologiyasi mil. av. 1 a. da tuzilgan va 6 — 10-asrlarda toʻldirilgan; natijada 16 kitobdan iborat majmua vujudga kelgan («Palatin antologiyasi», 4000 ga yaqin Epigramma). Lotin adabiyotida Epigramma janri mil. av. 2 — 1 a. larda paydo boʻlgan. Yangi davr adabiyotida, xususan, klassitsizm sheʼriyatida Epigramma uncha katta boʻlmagan hajviy sheʼr boʻlib, odatda, bironbir shaxsga qarshi yoʻnaltiriladi. Soʻnggi davr shoirlari ham Epigramma janriga murojaat qilganlar, Oʻzbek adabiyotida H. H. Niyoziy («Bir eshon oʻpkasi», «Bir sharmanda tilidan»), Gʻ. Gʻulom («Obakidandon», «Istaklarim») va boshqalar bir qancha Epigrammalar yozganlar.


Lotin alifbosida maqola: EPIGRAMMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты