HAVO TRANSPORTI, aviatsiya transorti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi.
Dastlabki Havo transporti 1-jahon urushidan keyin Yevropa va Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida 1920—21 y. larda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1929-y. 12-mayda ochildi. Uz. 800 km boʻlgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pish-pek (Bishkek) — Olmaota marshrutida Rossiya koʻngilli havo floti jamiyati («Dobrolyot»)ning Urta Osiyo boʻlimi (Kogon sh.)ga qarashli Germaniyadan sotib olingan «Yunkers—13» samolyotlarida dastlabki yoʻlovchilar tashish reysi amalga oshirildi. Shu yili uz. 450 km boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay— Dargʻonota—Xiva hamda Buxo-ro—Termiz—Dushanba havo yoʻllari ochildi. 1924-y. da Havo transportida jami 1000 yoʻlovchi, 200 kg pochta joʻnatmalari, 5 t yuk tashildi. 1930-y. lar boshidan Oʻzbekiston havo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish ommaviy tus oldi, 1930-y. dan Toshkent— Mos-kva yoʻlida samolyotlar muntazam qat-nay boshladi. Toshkent (1932), nukus va Urganch (1939), Termiz (1940), Namangan (1941) sh. larida aeroportlar qurilib ishga tushirildi.
2-jahon urushidan keyingi yillarda Il—12, YL—14. li2 va turli difikatsiyadagi AN—2 samolyotlari t. parklariga berildi. 1957—58 gsarda havo yoʻllarida TU—104, P—18, AN-24, YAK-40 samolyotlari, mi1, mi2, ka26 vertotlari oʻzlashtirildi, mahalliy havo kelarida AN—24, YAK—40 samolyotlari qatnay boshladi. Ayni vaqtda dalalarga mineral oʻgʻitlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi preparatlar sepishda, gʻoʻzani defoliatsiya qilish ishlarida avianiyadan keng foydalanildi. Qoʻqon (1947), Samarqand (1948), Qarshi (1955), Buxoro (1963) va Toshkent yaqinidagi Sergeli (1961) da yangi aeroportlar qurildi. 1974-y. dan IL-62, 1977-y. dan TU—154 samolyotlari, 1982-y. dek. dan IL—86 aerobuslari respublika havo yoʻllarida ucha boshladi.
1980-y. ga kelib Oʻzbekiston havo transporti havo yoʻllarining uz. 155 ming km dan ortiq boʻldi (shu jumladan, mahalliy havo yoʻllari uz. 60,1 ming km ni tashkil etdi).
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992-y. 28 yanv. da sobiq Ittifoq Fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida «Oʻzbekiston havo yullari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
Havo transporti Oʻzbekiston iqt iyeodiyotida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, mamlakatning tashqi dunyo bilan xalqaro, iqtisodiy, diplomatik, madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Fargʻona, Navoiy sh. larida zamonaviy jihozlangan aerovokzal (aeroport)lar ishlaydi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand, Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasi muntazam holda 20 ta xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Yevropa, Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, MDH davlatlari shaharlarida uning 44 ta vakolatxonalari ochilgan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya tarmogʻiga 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi va rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi.
Barcha xalqaro reyslar «Boing» 767/757, A-310, Yu-85 rusumli samolyotlarda bajariladi. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompani-yasi Yevropadagi yirik «Erbas Indast-ri», AQSHning «Boing» kompaniyalari, Rossiyaning «Ilyushin» konstruk-torlik byurosi, Germaniya, Fransiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qiladi. Shunday hamkorlik natijasida 1993-y. dan milliy avia-kompaniya sotib olgan «Erbas» A—310 — 300 aerobuslari, «Boing» laynerlari xalqaro reyslarda yoʻlovchilarga xizmat qoʻrsata boshladi. 2004-y. da «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy avia-kompaniyasi 3 ta «Boing 757» va «Bo-ing 767» samolyotlarini sotib oldi va Gʻarb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan samolyotlari soni 16 taga yetdi.
Respublika Havo transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasining uchish oʻquvtexnika markazi (1943-y. 15-mayda tashkil etilgan), Toshkent aviatsiya institutit tayyorlanadi. 2003-y. da Oʻzbekiston Havo transportida 0,8 mln. yoʻlovchi, 5,9 ming t yuk tashildi, yoʻlovchi aylanmasi 3956,5 ming yoʻlovchi km ni, yuk aylanmasi 95,3 ming t km ni tashkil etdi.
Chet mamlakatlarda Havo transporti AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va b. davlatlarda rivojlangan. Bu mamlakatlardagi aviakompaniyalarda 300 va undan ortiq yoʻlov-chiga moʻljallangan fuqaro samolyotlari, ogʻir yuk transport samolyotlari keng qoʻllanadi.