DOʻSPANOV

DOʻSPANOV Oʻroqboy (1938.4.3, Moʻy-noq sh.) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari d-ri (1981), prof. (1992). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika in-tini tugatgan (1960), shu in-tda oʻqituvchi (1960— 61), Oʻzbekistan FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1961— 81), boʻlim mudiri (1981—92), direktor oʻrinbosari (1985—89), Nukus davlat pedagogika in-tida kafedra mudiri (199294), dekan (1994-y. dan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1993—94). Ilmiy ishlari qoraqalpoq tilining tarixi, dialektologiyasi, grammatikasi, leksikografiya, lingvogeografiya kabi masalalarga bagʻishlangan. Doʻspanov oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun qoraqalpoq tilidan dareliklar muallifi. «Qoraqalpoq tilining imlo lugati» (1980 — 90), «Qoraqalpoqcha-ruscha lugʻat» (1990), «Ruscha-qoraqalpoqcha lugʻat» (1995) kabi bir qancha lugʻat tuzuvchilaridan biri.

Ac: Qoraqalpoq ismlari, T., 1994; Qoraqalpoq adabiyoti klassiklari asarlari tili, T., 1995.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSPANOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
OLIY OʻQUV YURTLARI
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты