OLIY OʻQUV YURTLARI — xalq xoʻja ligi, fan va madaniyatning turli tar-moklari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlab berishga yoʻnaltirilgan oʻquv muassasalari. Ularda boʻlajak mutaxassislarga oliy taʼlim berishdan tashkari, nazariy va amaliy yoʻnalishdagi ilmiy ishlar ham olib boriladi, oliy va oʻrta maxsus maktablarning prof.-oʻqituvchilari, tegishli yoʻnalishdagi i. ch. va madaniyat sohalarining mutaxassislari malaka oshiradilar. Oliy oʻquv yurtlariga un-tlar, tarmoq (texnika, tibbiyot, ped., mada-niyat, iqtisod va b.) in-tlari, oliy harbiy yoki texnika oʻquv yurtlari, oʻquv akademiyalari, oliy maktablar kiradi.
Oliy oʻquv yurtlarining dastlabki koʻrinishlari boʻlmish falsafa maktablari mil. av. 5 — 3-a. larda Afina va Rimda vujudga keldi. Musulmon Sharqida esa islom qabul qilinib, shiddat bilan yoyilgan 10-a. ga kelib arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr mamlakatlarida Oliy oʻquv yurtlarining Madrasa shakli qaror topdi. Musulmon Renessansining yuzaga chiqishida Madrasa taʼlimi tizimi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Oliy oʻquv yurtlari sifatida un-tlar musulmon madrasalari taʼsirida Gʻarb Renessansining boʻlgʻusi oʻchoklarida ancha keyin: 11 —12-a. larda Italiya (Saler-no va Bolonya), Fransiya (Parij), 12-a. oxiri — 13-a. boshlarida Ispaniya (Salamanka) va Angliyada (Oksford) paydo boʻldi. Keyinchalik un-tlar boshqa mamlakatlarda ham ochila boshladi. Rossiyada birinchi oliy oʻquv yurti 1725-y. da ochilgan Peterburg FA krshidagi Akademiya un-ti edi. 1755-y. M. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva un-ti ochildi.
Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy oʻquv yurti Abu Bakr Muhammad Narsha-xiyning «Buxoro tarixi» asarida ay-tib oʻtilgan 937-y. gi yonginda zarar koʻrgan Forjak madrasasi boʻlgan. Turkistondagi ilk Oliy oʻquv yurtlari 2 turga boʻlingan. Birinchi turi Madrasa deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi turdagi Oliy oʻquv yurtlari lari oliy madrasalar (madrasai aʼlo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham koʻp boʻlgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori koʻproqboʻlgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmish shaharlarda faoliyat koʻrsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar mikdori katta boʻlgan va ular shahardagi eng hashamatli binolarda joylashgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barcha joylarida inobatga oʻtgan. Madrasalardagi talabalar oʻzlashtirish darajalariga qarab, taʼlimning quyi (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) bosqichlarini oʻtaganlar. Muayyan bosqichni sakkiz yilda oʻtay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. Oliy oʻquv yurtlarining bu tizimi to shoʻrolar boshqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929-y. ga kelib, Shoʻro hukumati Oliy oʻquv yurtlarining Madrasa turini rasmiy ravishda taqiqlab quydi (yana q. Madrasa).
Oʻzbekistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi oliy oʻquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918-y. ning 16-martida tashkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu un-t faqar rus tilida maʼlumot olgan kishilarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻlkaning haqiqiy egalariga oliy maʼlumot berish koʻzda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy un-tlarning gʻoyat ulkan oʻrin tutishini anglagan Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning koʻmagi bilan 1918-y. 12-mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, q. x., texnika singari 5 f-t faoliyat koʻrsatgan. Oʻlkada oʻrta maʼlumotli yoshlar kam boʻlgani uchun ham Xalq dorilfununi qoshida oʻqishga kirishga tayyorlaydigan maktab va kurslar tashkil etilgan. 1919-y. dan boshlab shu maqsadda ishchilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfununining milliy asoslarda mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatayotganligidan xavotirga tushgan RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1920-y. 7 sent. da 2 yildan oshiqroq vaqtdan buyon ishla-yotgan dorilfununni «tashkil etish» va uni davlat un-tiga aylantirish haqida dekret chiqardi. Bu ish oliy oʻquv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq boʻlishi va oliy taʼlimning tashkil etilishida milliy xususiyatlar hisobga olinishiga imkon bermaslik uchun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920-y. dan Turkiston davlat un-ti, 1923-y. dan Oʻrta Osiyo davlat un-ti (SAGU), 1960-y. dan Toshkent davlat un-ti (ToshDU), 2001-y. dan Oʻzbekiston milliy universitetы (OʻzMU) tarzida atalgan.
1918-y. 8 noyab. da tashkil etilgan Turkiston sharqshunoslik instituti mamlakatimizdagi ikkinchi oliy oʻquv yurtidir (bu in-t 1924-y. da Oʻrta Osiyo davlat un-tining f-tiga aylantirilgan). 1919-y. ning 15 avg. da tashkil etilgan Turkiston oʻlkasi oliy tibbiyot maktabi Oʻzbekistondagi uchinchi oliy oʻquv yurti boʻldi (maktab 1919-y. ning 27 noyab. da Oʻrta Osiyo davlat un-tining tibbiyot f-tiga aylantirilgan). 1927-y. Samarkandda ochilgan Oʻzbekiston Oliy ped . in-ti (1930-y. dan Oʻzbekiston Ped. akademiyasi) mamlakatimizdagi toʻrtinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. 1933-y. shu oliy maktab negizida Oʻzbekiston davlat unti (1960-y. dan Alisher Navoiy nomidagi Samarkand universitetы) tashkil boʻldi.
1929-y. Oʻrta Osiyo davlat un-ti negizida bir qator Oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik in-ti (q. Toshkent agrar universitetы), Oʻrta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya politexnika in-ti (q. Toshkent ыrrigasыya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti), Oʻrta Osiyo energetika, Oʻrta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinchalik Toshkent texnika universitetining f-tlariga aylantirilgan) va Oʻrta Osiyo qurilish (q. Toshkent meʼmorlik va kurilish instituti) singari Oliy oʻquv yurtlari tashkil topgan. 1931-y. Oʻrta Osiyo davlat un-ti asosida To-jikiston Q. x., Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya in-tlari, Oʻrta Osiyo tibbiyot in-ti, Oʻrta Osiyo Plan in-ti (q. Toshkent iktisodiyeʻt univer-siteti) tashkil etildi. Oʻrta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy oʻquv yurti va oʻnlab i. t. muassasalari SAGUdan ajralib chiqqan. 20-a. ning 30—40-a. larida Oʻzbekistondagi koʻplab Oliy oʻquv yurtlari Oʻrta Osiyo miqyosida ish koʻrganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegishli sohalar boʻyicha faqat mamlakatimizga emas, balki butun Oʻrta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetishtirib berilgan. Shu tariqa, Oʻzbekiston qar-dosh mamlakatlarni oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlash va u joylarda Oliy oʻquv yurtlari tizimini yaratishning oʻziga xos oʻchogʻi boʻldi.
2-jahon urushigacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda bir nechta Oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1932-y. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl injenerlari in-ti (q. Toshkent temir pul transportы muhandislari institutы), Samarkand qishloq xoʻjalik institutы, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oʻrta Osiyo Sovet qurilishi va huquqi in-ti (q. Toshkent yuridik instituti), 1935-y. Toshkent ped. in-ti (q. Toshkent pedagogika universiteti), 1936-y. Toshkent konservatoriya-si, 1937-y. Toshkent farmatsevtika instituti tashkil topdi.
1940/41 oʻquv yilida Oʻzbekistonda 30 oliy oʻquv yurti boʻlib, ularda 19061 talaba oʻqigan. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistondagi Oliy oʻquv yurtlari faoliyati izdan chiqdi. Talabalarning asosiy qismi frontga chaqirilgani, oliy taʼlimni mablagʻ bilan taʼminlash nihoyatda ogʻirlashgani uchun ham Oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydiganlar miqsori keskin kamaydi. Buning salbiy oqibatlari urushdan keyingi yillarda ham yaqqol se-zilib turdi. Natijada, moddiy-texni-ka hamda oʻquv-ilmiy bazasi nochorla-shib krlgan bir qator in-tlar yirik Oliy oʻquv yurtlariga (mas, ayrim ququq va ped. in-tlari un-tlarga, oʻqituvchilar in-tlari ped. in-tlariga) qoʻshildi.
Mustaqillik arafasida Oʻzbekistonda 41 oliy oʻquv yurti boʻlib, ulardan 3 tasi un-t (ToshDU, SamDU va 1976-y. tashkil etilgan Krraqalpogʻiston universiteti), 15 tasi ped. in-ti, 7 tasi texnika in-ti, 3 tasi iqtisod in-ti, 5 tasi tibbiyot in-ti, 4 tasi q. x. in-ti, 3 tasi sanʼat in-ti, 1 tasi jismo-niy tarbiya va sport in-ti boʻlgan.
Mustaqillikka erishilgach, Oʻzbekistonda Oliy oʻquv yurtlari tizimi milliy asoslarda tubdan qayta qurildi. Oliy oʻquv yurtlarining zamon talablariga moye, raqobatbardosh oliy malakali kadrlar tayyorlash im-koniyati yaratilishiga alohida ahami-yat berildi. Shu maqsadda un-t tizimi kengaytirildi. 1992-y. ga kelib, mamlakatimizdagi untlar soni 12 taga yetdi. Mustaqillikdan keyin bir qator yangi Oliy oʻquv yurtlarilari tashkil qilindi. 2002-y. Oʻzbekistondagi Oliy oʻquv yurtlari soni 61 tani tashkil etdi. Shulardan 18 tasi un-t boʻlib, krlganlari in-tlar, oʻquv akademiyalari, oliy maktablardir. 2001/2002 oʻquv yili 61 oliy oʻquv yurtida 207,2 ming talaba taʼlim oldi.
OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, irqi, millati, jinsi, ijtimoiy mavqei, mulki, diniy eʼtiqodidan qatʼi na-zar, har bir Oʻzbekiston fuqarosi Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish huquqiga ega. Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim davlat hisobidan va shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Oliy oʻquv yurtlariga 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotli kishilar (O. oʻ. yu. ning sirtqi boʻlimida yoshga qaralmaydi) qabul qilinadi. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar tanlagan mutaxassisligiga oid fanlar, ona tili va adabiyot, shuningdek, chet tillaridan umumlashgan test topshiradilar. Ijodiy xarak-terdagi Oliy oʻquv yurtlarida (konservatoriya, sanʼat, jismoniy tarbiya, jurnalistika) testdan tashqari ixtisoslikdan ham imtihon topshiriladi.
Oliy oʻquv yurtlariga rektor boshchilik qiladi. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga rahbarlik prorektorpar tomonidan amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlari fakultetlaraan tashkil topadi. F-tlarda bir yoki oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha mutaxassislikdan talaba va aspirantlar oʻqitiladi, xalq xoʻjaligining tegishli sohalaridan mutaxassislar malakasini oshiradi, shuningdek, kafedralarning i. t. faoliyatiga rahbarlik qiladi. F-tga dekan boshchilik qiladi.
Oliy oʻquv yurtlari (f-tlar) faoliyatidagi asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal etish uchun rektor (dekan) huzurida Oliy oʻquv yurtlari, f-tlar Ilmыy kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, Oliy attestatsiya ko-mыyesыyasы tomonidan nomzodlik va d-rlik dissertatsiyasi yoqlash boʻyicha Himoya kengashlari ham, asosan, Oliy oʻquv yurtlarida tashkil etiladi.
Oliy oʻquv yurtlarining prof.-oʻqituvchilari uchun quyidagi lavozimlar belgilangan: kafedra mudiri, prof., dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi, assistent. Bular tanlov yoʻli bilan har 5 y. da bir sayla-nadi. Tanlov qarorlari Oliy oʻquv yurtlari kenga-shida yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ayrim yirik Oliy oʻquv yurtlarida dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi la-vozimlariga saylash vakolati f-t ilmiy kengashiga berilgan.
Oliy oʻquv yurtlarida oʻquv jarayoni OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan oʻquv rejasi va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.
Oliy oʻquv yurtlarida darslarga qatnashish majburiy. Oʻquv yili yakuniy baholash bilan tamomlanadigan 2 semestrdan iborat. Oʻzbekistondagi Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim 2 bosqichli boʻlib, kamida 4 yillik bakalavrыat va kamida 2 yillik magistraturadan iborat. Bakalavriat bos-qichida talaba oʻqigan asosiy kurelardan davlat attestatsiyasidan oʻtadi va malakaviy bitiruv ishi yozadi. Magistratura bosqichida esa magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, himoya qiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ekstern (ma-shgʻulotlarga qatnamay, individual tayyorgarlik asosida) yoʻl bilan oʻqish ham koʻzda tutilgan.
Oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichini bitirganlarga mutaxassislik, magistratura bosqichini tugallaganlarga ixtisoslik beriladi. Oliy oʻquv yurtlarini bitiruvchilarga (kunduzgi, sirtqiligidan qati nazar) ixtisosi boʻyicha bir xil kuchga ega yagona namunadagi diplom beriladi. Asosiy fanlarning 75% dan ortigʻini «aʼlo» baxrlarga oʻqigan talabalar imtiyozli diplomga ega boʻladilar.
Qozoqboy Moʻldoshev.