«DOʻST» SONLAR — har biri ikkinchisining boʻluvchilari yigʻindisiga teng boʻlgan ikki son (t va p). Mac, 220 va 284 «D» s. dir. 220 sonining boʻluvchilari: 1, 2, 4, 5, 10, 11, 20, 22, 44, 55, 110; bularning yigʻindisi 284 ga teng. 284 sonining boʻluvchilari: 1, 2, 4, 71, 142; bularning yigʻindisi 220. «D». s. tushunchasini dastlab Pifagor kiritgan. U shu mezon yordamida 17296 va 18416 sonlarning «doʻst»ligini koʻrsatgan edi (k=4 ga toʻgʻri keladi). Bu «D» s. larni Ferma va Dekart 17-a. da qayta topdilar. «D» s. ning chekli yoki cheksiz ekanligi maʼlum emas.